Telekommunikatsiya uzatish tizimlari

Ushbu kitob telekommunikatsiya uzatish tizimlarining asosiy tushunchalari, tuzilishi, ishlash prinsiplari va texnologiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda analog va raqamli uzatish tizimlari, signalni ajratish usullari, aloqa tarmoqlari, shovqin va buzilishlar, hamda raqamli uzatish tizimlarida sinxronizatsiya masalalari ko'rib chiqiladi. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va aloqa sohasi xodimlari uchun mo'ljallangan bo'lib, telekommunikatsiya sohasining rivojlanishini nazarda tutgan holda, zamonaviy texnologiyalar va ulardan texnik foydalanish haqidagi ma'lumotlarni yoritishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Telekommunikatsiya uzatish tizimlarining tuzilish asoslari: Aloqa, axborot, signallar, elektr aloqa, elektr aloqa tizimlari, uzatish kanali va tizimi, simli va radioliniyalar, ko'p kanalli aloqa tizimlari, aloqa tarmoqlari, signallarning uzatish sathlari, haqiqiy va nisbiy sathlar, signal parametrlari va xarakteristikalari.
  • Kanal signallarini ajratish prinsiplari: Kanal signallarini chastota bo'yicha ajratish prinsipi (chastota oraliqlari, modulyatsiya, filtrlash), kanal signallarini vaqt bo'yicha ajratish prinsipi (impuls ketma-ketligi, diskretizatsiya), tovush chastotali (TCh) kanal xarakteristikalari (qoldiq so'nish, faza-chastotaviy xarakteristika), signallarni ikki tomonlama uzatish, differentsial qurilma, ikki tomonlama kanal muvozanati, sath diagrammasi.
  • Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlari: Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlarida kanal signallarining shakllanishi (amplituda, chastota va fazaviy modulyatsiya), chastotalarni ko'p marta o'zgartirish printsipi, kanallari chastota bo'yicha ajratilgan ko'p kanalli uzatish tizimlarining liniya traktida va kanallarida hosil bo'luvchi shovqinlar (turlari, baholash, me'yorlashtirish, kurashish usullari), kanal va traktlarda signallarning buzilishi, magistral, mintaqaviy va ichki tarmoqlarda qo'llaniladigan uzatish tizimlari.
  • Kanallari vaqt bo'yicha ajratilgan uzatish tizimlarining tuzilish prinsipi: AIM signalining xususiyatlari, impulsli-kodli modulyatsiya (IKM), tekis va notekis kvantlash, kodlovchi qurilmalarning tuzilishi.
  • Raqamli uzatish tizimlarida sinxronizatsiya: Raqamli uzatish tizimlarida taktli, siklli, yuqori siklli sinxronizatsiya, sinxrosignal qabul qilgichi.
  • Raqamli uzatish tizimlarining liniya trakti: Liniya trakti bo'ylab raqamli signallarni uzatish xususiyatlari, signallarni regeneratsiyalash, regeneratorlarning tuzilish sxemasi.
  • Raqamli uzatish tizimlarining oxirgi stantsiyasini tuzilishi: Impuls kodli modulyatsiyaga ega bo'lgan raqamli uzatish tizimlarining oxirgi stantsiyasining tuzilishi.
  • Pleziaxron raqamli ierarxiya: IKM li raqamli uzatish tizimlarining ierarxiyasi va ularga bo'lgan talablar, PDH tizimlarining kamchiliklari, PDH da sinxronizatsiya va boshqarish muammolari.