Scuttularia cordifrons o`simligini kompleks tahlil qilish
Ushbu kitob O‘zbekiston hududida o‘suvchi Scutellaria cordifrons (yurak bargli ko‘kamaron) o‘simligining kompleks tahliliga bag‘ishlangan. Unda o‘simlikning tarkibi, xususan flavonoid birikmalari va element tarkibi chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, flavonoid moddalarni ajratib olish usullarini takomillashtirish va investitsiyaning ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Flavonoidlar haqida umumiy tushunchalar va ularning klassifikatsiyasi: Flavonoidlar - o'simliklarda keng tarqalgan C6-C3-C6 uglerod skeletiga ega bo'lgan tabiiy birikmalar. Klassifikatsiyasi kimyoviy tuzilishiga ko'ra (flavonlar, flavonollar, flavanonlar va boshqalar) keltirilgan.
- Scutellaria cordifrons o'simligi haqida umumiy ma'lumot: Scutellaria turkumiga mansub o'simliklarning botanik tavsifi, tarqalishi, xalq tabobatida qo'llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Scutellaria cordifrons o'simligining yer ustki qismidagi flavonoidlarni o'rganish: O'simlikning yer ustki qismidan flavonoidlarni ajratib olish usullari, ekstraksiya jarayonlari va olingan fraksiyalarning xromatografik tahlili bayon etilgan.
- Scutellaria cordifrons o'simligining ildizi tarkibidagi flavonoidlarni o'rganish: O'simlik ildizidan flavonoidlarni ajratish, tozalash va identifikatsiya qilish usullari keltirilgan. Olingan birikmalarning spektral xarakteristikalari tahlil qilingan.
- Ko'kamaron o'simligidan flavonoid moddalarni ajratib olishni takomillashtirishda investitsiyaning ahamiyati: Flavonoidlarni ajratib olish sohasini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy asoslari va istiqbollari ko'rib chiqilgan.
- Sutellariya cordifrons o’simligining element tarkibi: O’simlik tarkibidagi makro va mikroelementlar tahlili, ularning miqdori, o’simlikning turli organlarida taqsimlanishi va ahamiyatini yoritish.