Стратегический менеджмент

Ushbu kitob strategik menejmentga bag'ishlangan bo'lib, tashkilotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash, resurslarni boshqarish va uzoq muddatli maqsadlarga erishish yo'llari ko'rsatilgan. Kitob strategiyalarni ishlab chiqish, tahlil qilish va amalga oshirish usullarini o'rganadi, shuningdek turli xil sohalarda muvaffaqiyatli bo'lish uchun korporativ strategiyalarni ishlab chiqishga e'tibor qaratadi.

Asosiy mavzular

  • Strategik menejmentga kirish: Strategiya tushunchasi, strategik menejmentning asosiy tushunchalari va ta'riflari, strategik menejmentning mohiyati, strategik boshqaruv tizimi, strategik menejmentning uzluksizligi, strategik boshqaruvning zarurligi, strategik boshqaruv muhiti.
  • Tashkilotning vazifasi: Tashkilotning missiyasi tushunchasi, tashkilot missiyasini shakllantirish, tashkilot missiyasini o'zgartirish vazifalari, maqsadlarni belgilash, strategiyani ishlab chiqish, biznesni aniqlash, strategik niyat tushunchasi, strategik piramida, korporativ strategiya.
  • Strategiyani ishlab chiqish vazifalari: Korporativ strategiya, biznes strategiyasi, strategiyani yaratish piramidasidagi funktsional strategiya, strategiyani shakllantiruvchi omillar, kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari, uning raqobatdosh imkoniyatlari, kompaniyaning qadriyatlari va madaniyatining strategiyani tanlashga ta'siri, g'olib strategiya mezonlari, strategiyani ishlab chiqish vazifasini bajarish usullari.
  • Tashkilot maqsadlari: Tashkilot maqsadlari tushunchasi, tashkilot maqsadlarining tasnifi, tashkilot maqsadlarini belgilash bosqichlari, maqsadga qo'yiladigan talablar, belgilangan maqsadlarning boshqaruv qiymati, qaror qabul qilish shakllari, traektoriya maqsadlari, nuqta maqsadlari, boshqaruvda professionallik.
  • Tarmoq va raqobat tahlili: Tarmoq tushunchasi. Tarmoqdagi umumiy vaziyatni tahlil qilish maqsadi, tarmoqni tavsiflovchi asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar, tarmoqdagi umumiy vaziyatni tahlil qilish usullari va undagi raqobat, tarmoqda faoliyat yurituvchi raqobat kuchlarining tavsifi.
  • Strategik tahlil: Amaldagi strategiyani baholash, kompaniyaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash. SWOT-tahlil. Tashqi tahdidlar (xavflar) va kompaniyaning imkoniyatlarini hisobga olish printsiplari. Kompaniyaning holatini tahlil qilishning asosiy savollari.
  • Raqobat strategiyalari: Raqobat strategiyasi va raqobatdosh ustunlik, raqobat strategiyalari tushunchasi, beshta umumiy raqobat strategiyasi, xarajatlarni kamaytirish strategiyasi, differentsiatsiya strategiyalari, maqbul xarajat strategiyalari, hujum strategiyalarini qo'llash.
  • Turli vaziyatlarda marketing strategiyasini qo'llash: Marketing strategiyasini moslashuvchanligini baholash, raqobat va o'zgarishlar, muvaffaqiyatga erishish talablari va boshqalar
  • Diversifikatsiya strategiyalari: Korporativ diversifikatsiya strategiyalari, maqsadlari va o'ziga xosliklari, yangi tarmoqlarga kirish strategiyalari va kompaniyalarni diversifikatsiyalash.
  • Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarni strategik tahlil qilish: Korporatsiya strategiyasini baholash, diversifikatsiyalashgan portfelni baholash, BKG matritsasi, tarmoqning jozibadorligi va raqobatdoshlikni tahlil qilish.