Sud hokimiyati organlari
Ushbu kitob "Sud hokimiyati organlari" Oʻzbekiston Respublikasidagi sud tizimi, sudyalarning maqomi, odil sudlov tamoyillari, xoʻjalik va harbiy sudlar, konstitutsiyaviy sud va ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar haqida maʼlumot beradi. Kitobda sud organlarining tashkiliy tuzilishi, vakolatlari, faoliyat prinsiplari, islohotlar va kelajakdagi istiqbollari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kitob sudyalar va xalq maslahatchilarining roli va majburiyatlariga ham alohida e'tibor qaratadi.
Asosiy mavzular
- Sud hokimiyati organlari fanining maqsadi va vazifalari: Fanining tushunshasi, vazifasi va maqsadi, terminologiyasi, konstitutsiyaviy nazorat va odil sudlov, ularning rivojlanishi, xususiyatlari va sud hokimiyati faoliyati.
- Sud hokimiyati. Sud organlarining vazifalari: Sud hokimiyatining tushunchasi va asosiy belgilari, asosiy komponentlari, davlat organlari, vakolatlar, funksiyalar va tuzilmasi
- Odil sudlov tushunchasi va tamoyillari: Odil sudlov tushunchasi va tamoyillari: teng huquqlilik, qonuniylik, faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, sudyalarning mustaqilligi, oshkoraligi, sud ishlarining yuritish tili va boshqalar.
- Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi: Tumanlararo, tuman sudlarining asosiy vakolati, tashkil etilish tamoyillari, vakolatlari va hududiy mansubligi
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va Toshkent shahar sudlari: Oʻrta boʻgʻin sudlarining tashkil etilishi, tarkibi, vakolatlari, hay’atlar va raisning vazifalari.
- Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudlari: Harbiy sudlarning vazifalari, huquqiy asoslari, sud tizimidagi oʻrni, tuzilishi, vakolatlari va faoliyat prinsiplari.
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi: Konstitutsiyaviy nazorat tushunchasi, vakolatlari, tuzilishi, ahamiyati, faoliyatining asosiy tamoyillari.
- Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar maqomi: Sudyalarning huquqlari, majburiyatlari, daxlsizligi, malaka hayʼatlari va vakolatlarini to’xtatish tartibi