Tibbiyot tovarshunosligi

Ushbu kitob tibbiyot tovarshunosligi fanining asosiy tushunchalarini, tibbiyot tovarlarining tasnifini, sifat nazoratini, standartlashtirish usullarini, saqlash qoidalarini va tibbiyot texnikasining tovarshunoslik tahlilini o'z ichiga oladi. Kitob farmatsevtika institutlari talabalari va tibbiyot o'quv yurtlari hamshiralari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Tovarshunoslikning nazariy asoslari: Tovarshunoslik fani, tibbiyot tovarshunosligining tamoyillari.
  • Tovarlar, ularning tasnifi, assortimenti: Tovarlar va ularning tasnifi, tovarlar assortimenti, tibbiyot tovarlarini tasniflash.
  • Tovarlarning sifati, koʻrsatkichlari, iste'mol xossalari: Tovarlarning sifati, sifatning xususiyatlari va koʻrsatkichlari, tovarlar iste'mol xossalari va koʻrsatkichlar nomenklaturasi.
  • Sifat nazorati va standartlash: Dori vositalar va tibbiy texnika, tibbiyot buyumlarining sifatini nazorat qilish tizimi, standartlashning umumiy savollari, standartlash maqsadlari va vazifalari, standartlash sohasida me'yoriy hujjatlarning toifalari, standartlar turlari, xalqaro standartlar, ekspluatasiya hujjatlari.
  • Materialshunoslik asoslari: Ashyolarning xossalari, metallar, nometall ashyolar, polimer ashyolar, ularning tasnifi va tibbiyotda ishlatilishi.
  • Tibbiyot tovarlarini qadoqlash va saqlash: Qadoq, uning tasnifi va qo'yiladigan talablar, tara va qadoqlash vositalarining tasnifi, tayyor dori turlarini qadoqlash, tibbiyot tovarlarning saqlanishiga qo'yiladigan talablar, tovarlarni rusumlash, yaroqlilik muddati.
  • Tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikasining tovarshunoslik tahlili: Bog'lash ashyolari va vositalari, choklash ashyolari, sanitariya-gigiyena va bemorlar parvarishi uchun buyumlar, inyeksiya, transfuziya, infuziya oʻtkazish buyumlari va moslamalari, tibbiyot asboblar, tasnifi, assortimenti, sifatini baholash usullari, stomatologiya jihozlari asboblari va buyumlari, ko'rishni tekshirish, tuzatish va himoyalash asbob va uskunalari, kislorodli-nafas olish va narkoz apparatlari, fizioterapevtik davolash apparatlari.
  • Tashxis qo'yish asbob-uskunalari va apparatlari. Monitoring tizimlari: Auskultatsiya va perkussiya asboblari hamda moslamalari, qon bosimini o'lchash uskunalari, biopotensiallarni qayd etish apparat va uskunalari, elektroensefalografiya uskunalari, ultratovushli tashxis apparatlari, endoskopik uskunalar, rentgen tashxis va rentgenoterapiya apparatlari.
  • Kasalxona, klinik-tashxis laboratoriya jihozlari: Kasalxona jihozlari, klinik-tashxis laboratoriya jihozlari, ekspress-tekshiruvlar uchun asbob-uskunalar, dorixona va laboratoriya yordamchi jihozlari.