O`rta osiyoda milliy –davlat chegaralanishi

Ushbu kitob O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixni haqqoniy yoritishga alohida e'tibor berilgani, sovet davrida yuzaga kelgan sinfiy yondashuvni tugatish uchun qulay shart-sharoit yuzaga kelgani haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, O'rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi masalasiga bag'ishlangan turli xil asarlar tahlili va ularning mazmuni keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • O'rta Osiyoning sovet mustamlakachiligi davri: O'rta Osiyoning sovetlar tomonidan bosib olinishi, Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi milliy-ozodlik harakatlarining avj olishiga sabab bo`lganligi, ayrim adabiyotlarda yozilishicha bu davrda O`rta Osiyoda panturkizm g`oyasi keng tarqalib, bu hududda yashovchi barcha xalqlarni birlashtirishni ko`zda tutgani haqida fikrlar keltiriladi.
  • Turor Risqulov va Turkiston milliy kommunistlarining faoliyati: Turor Risqulov va maslakdoshlarining 1920-yildagi chiqishi turkiy xalqlarning birligi g'oyasini ularning so'nggi tayanchi bo'lgan Turkiston mintaqasida ularning o'z davlat tuzumini O'rta Osiyo davlatchiligining tarixan qaror topgan shakllariga, turmush tarziga, ijtimoiy ahvoliga, axloqi, iqtisodiy va ma`naviy madaniyatiga muvofiq tarzda barpo etish huquqini himoya qilishga zo'r berib urinishdan iborat edi.
  • Milliy-hududiy chegaralanish: Markazning yuqori siyosiy rahbariyati uchun Turkistonni bo'lib yuborish, uni yagona davlat tuzilmasi sifatida yo'q qilish g'oyasi ustuvor bo'lib qoldi. U Turkistonni saqlab qolish o'zining imperiyacha maqsadlariga xavf tug'diradi deb xisoblardi.