Tuproqshunoslik asoslari

Ushbu kitob tuproqshunoslikning asosiy tushunchalarini, tuproqlarning hosil bo'lishi, tarkibi, xossalari va ularning qishloq xo'jaligidagi ahamiyatini batafsil yoritadi. O'zbekiston tuproqlarining o'ziga xosliklari, ularning geografik tarqalishi va unumdorligini oshirish yo'llari ham ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Tuproq geografiyasi fanining maqsadi va vazifalari: Tuproqlarning hosil bo'lishi, rivojlanishi, tarkibi va xossalari, geografik tarqalish qonuniyatlarini o'rganish. Tuproqlardan oqilona foydalanish asoslarini ishlab chiqish.
  • Tuproqlarning hosil bo'lishi, taraqqiyoti, tarkibi va xossalari: Tuproq paydo qiluvchi omillarning ahamiyati, tuproq tasnifi, O'zbekiston tuproqlarini rayonlashtirish.
  • Tuproqlarning xosil bulishi va uning biologik asoslari: Asosiy tuproq paydo kiluvchi ona jinslar, tuproq paydo kiluvchi jinslarning minyer alogik va mexanik tarkibi, Tuproq mexanik tarkibi va fizikaviy hossalari
  • Tuproq tarkibidagi suv, tuproqning suv xossalari va suv rejimi: Tuproqdagi suv formalari, suvning o'simliklar uchun ahamiyati, tuproqning suv balansi va suv rejimi tiplari.
  • Tuproqlarning organik qismi: Organik moddalarning manbai, parchalanish jarayonlari, gumusning hosil bo'lishi va ahamiyati.
  • Tuproqning singdirish kobiliyati va singdirish turlari: Tuproq kolloidlarining tarkibi va xossalari, singdirish turlari, almashinuvchi kationlar.
  • Tuproqlar unumdorligi: Tuproq unumdorligi elementlari, unumdorlik kategoriyalari, unumdorlikni yaxshilash tadbirlari.
  • Tabiatda tuproqlarning tarkalishi, rivojlanishi,tabiat mintakalari tuproqlari: Tuproqni geografik rayonlashtirish, agro tuproq rayonlashtirish prinsiplari, tabiiy mintakalari tuproqlari
  • Arktika va Subarktik mintakalarining tuproqlari: Arktika-tundra zonalarining tuproq paydo kiluvchi sharoiti, tuproqlari klassifikatsiyasi
  • Tayga-o'rmon zonasining tuproqlari: Tuproq paydo kiluvchi tabiiy sharoitlar.Podzol tuproqlarning tarkibi va klassifikatsiyasi
  • Tog'li xududlari tuproqlari: Tog' tuproqlarini tarkalishi va tuproq paydo bo'lish sharoitlari,Pastki tog' mintakasining kuruk dasht va yirik utli yarim savanalarning tuproqlari
  • Sho'rlangan tuproqlar va ularning tarkalishi: Sho'rlangan tuproqlar tugrisida maʼlumotlar va klassifikatsiyasi
  • Yerlarni iqtisodiy jixatdan baxolash: Tuproqni bonitrovka kilishdagi asosiy kursatkichlar.Yer kadastori