Oliy matematika
Ushbu kitob oliy matematika fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib, iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada talabalarning mustaqil ishlashlari uchun tavsiya etilgan mavzular, ularni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar, testlar va nazorat variantlari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Vektorlar: Vektor tushunchasi, vektorlar ustida amallar, vektorning koordinatalari, skalyar va vektorli ko'paytmasi haqida ma'lumot beriladi.
- Fazoda analitik geometriya: Fazoda dekart koordinatalar sistemasi, tekislik va to'g'ri chiziq tenglamalari, ular orasidagi munosabatlar, ikkinchi tartibli sirtlar haqida ma'lumotlar beriladi.
- Chiziqli tenglamalar sistemasini matritsaviy usul bilan yechish: Matritsa haqida tushuncha, chiziqli tenglamalar sistemasi va ularni matritsaviy usulda yechish usullari ko'rsatilgan.
- Matematik tahlil elementlari: Ishlab chiqarish funksiyalari, hosilaning tadbiqlari, differensial hisobning iqtisodda qo'llanilishi, Lopital qoidasi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Integrallash usullari: Ratsional kasrlar, ratsional kasrlarni integrallash, trigonometrik ifodalar va ularni integrallash usullari bilan tanishtiriladi.
- Yuqori tartibli differensial tenglamalar: Yuqori tartibli differensial tenglamalar, ikkinchi tartibli differensial tenglamalar, o'zgarmas koeffitsientli tenglamalar va ularning iqtisodiyotga tadbiqlari haqida ma'lumotlar berilgan.