Axloqshunoslik (Etika), Nafosatshunoslik (Estеtika), Mantiq (Logika) fanlaridan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish yuzasidan uslubiy qo`llanma

Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Jizzax politexnika institutining “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish asoslari” kafedrasi uchun tayyorlangan. Qo'llanmada “Axloqshunoslik” (Etika), “Nafosatshunoslik” (Estetika) va “Mantiq” (Logika) fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yuzasidan ma'lumotlar berilgan. U talabalarga seminar mashg'ulotlarini o'zlashtirishga yordam beradi, ularda odob, axloq, go'zallik va nafosat hamda to'g'ri fikrlash qobiliyatlarining o'sishiga yordam beradi. Qo'llanma 18 ta mavzudan iborat.

Asosiy mavzular

  • Axloqshunoslikning predmeti, vazifalari: Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi, mohiyati, taraqqiyoti va insonning jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o'rganadi. Axloqshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayonida axloqshunoslikning o'rni.
  • Axloqiy tafakkur taraqqiyotining bosqichlari: Qadimgi Sharq, Hind, Xitoy, Yunoniston va Rumodagi axloqshunoslik. O'rta asr musulmon Sharqi axloqshunosligining yo'nalishlari, mashhur pandnomalar. Ovro'pa o'rta asrlar, uyg'onish davri va yangi davr axloqshunosligi.
  • Turkiston ma'rifatchi-jadidlarining axloqiy qarashlari: Turkiston jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning milliy ozodlik mafkurasiga asoslanganligi. Jadid ma'rifatchilarining Vatan va millat fidoyilari sifatidagi ahamiyati.
  • Estetikaning predmeti va vazifalari: Estetika - nafosatning mohiyatini o'rganuvchi qadimiy fan. Estetikaning falsafiy mohiyati va zamonaviy fanlar bilan aloqasi.
  • Mantiq ilmining predmeti va ahamiyati: Mantiq atamasining ma'nosi va uning kelib chiqishi. Mantiq ilmining o`rganish ob'ektini tafakkur tashkil etishligi. Tafakkurning shakllari, xususiyatlari.
  • Formal mantiqning asosiy qonunlari: To`g`ri tafakkurning asosiy belgilari. Ayniyat qonuni. Nozidlik qonuni. Uchinchisi mustasno qonuni. Etarli asos qonuni.