Менежмент

Ushbu kitob menejmentning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi dolzarb masalalariga bag'ishlangan. Unda boshqaruvning nazariy va amaliy jihatlari, menejerlarga qo'yiladigan talablar, turli iqtisodiy tizimlarni boshqarish usullari, xorijiy davlatlardagi menejment modellari, O'zbekistonda zamonaviy menejmentning rivojlanishi va boshqa shu kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Menejmentning asosiy mazmuni, predmeti va vazifalari: Menejment so'zining ma'nosi, menejment obyekti va subyekti, menejment fanining vazifalari va maqsadlari, menejment va boshqaruv o'rtasidagi farq, menejmentning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
  • Menejment terminologiyasi: Menejment fanidagi asosiy tushunchalar, tadbirkorlik, biznes va menejer tushunchalarining mazmuni, menejmentdagi rejalashtirish, logistika, motivlashtirish, nazorat kabi atamalarning izohi keltirilgan.
  • Menejmentning ilmiy maktablari: Ilmiy menejment maktablari to'g'risida ma'lumot, ilmiy boshqarish maktabi, ma'muriy menejment, insoniy munosabatlar maktabi, boshqaruv ilmi yoki miqdoriy uslub haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Iqtisodiy tizimlarni boshqarish: Bozor iqtisodiyotini boshqarish, aralash iqtisodiyot, davlat rejasiasosidagi iqtisodiyotni boshqarish, insoniy munosabatlar maktabi, boshqaruv ilmi yoki miqdoriy uslubni o'z ichiga oladi.
  • Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi: O'zbekistonda boshqaruvning ilk ilmiy asoslari, O'zbekistonda NEP (yangi iqtisodiy siyosat)ni joriy etilishi, "harbiy kommunizm" an'analarining boshlanishi va zamonaviy menejmentning shakllanishi kabi mavzular yoritilgan.
  • Menejmentda tizimli-vaziyatli yondashuv: Tizim to'g'risida tushuncha va ularning klassifikasiyasi, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti bir butun ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida, menejmentda tizimli yondashuv, menejmentda vaziyatli yondashuv haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Menejmentning xorijiy davlatlardagi modellari: Menejmentning AQShga xos modeli, menejmentning yaponcha modeli haqida ma'lumotlar berilgan.
  • O'zbekistonda zamonaviy menejmentning rivojlanishi: Milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlariga asoslab boshqarilishi, "O'zbek modeli" asosidagi besh tamoyil, ushbu modelning mohiyati ochib berilgan.
  • Boshqaruv maqsadi unga qo'yiladigan talablar: Boshqaruv maqsadi, boshqaruv maqsadiga qo'yiladigan talablar, maqsadlar shajarasi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Davlat menejmenti: Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat boshqaruvining mohiyati, davlat boshqaruvi funktsiyalarining o'zgarishi, tartibga solishning ustuvorligi, O'zbekistonda davlat boshqaruvini bozor islohotlariga xos tashkil etish.
  • Hududiy (mahalliy) menejment: Mahalliy boshqaruvning mohiyati, o'z-o'zini boshqarish organlari, xususiyatlari haqida so'z boradi.
  • Hujjat turlari va ish yuritishni tashkil etish: Hujjat va hujjatlashtirish, hujjat turlari, hujjat asosida ish yuritish jarayoni, hujjatlar oqimi (oboroti) haqida ma'lumot beriladi.
  • Personal boshqaruv: Personal boshqaruvda boshqaruv obyekti va subyekti, ishlab chiqarishda inson omili, xodimlarni rejalashtirish va boshqarish, xodimlarga rahbarlik qilish kabi masalalar yoritilgan.
  • Boshqaruv mehnatini tashkil etish: Boshqaruv xodimlari, boshqaruv mehnati: tasnifi, xususiyatlari, ko'rinishlari, boshqaruvda ilmiy yondashuv haqida ma'lumot beriladi.
  • Boshqaruvda kadrlar siyosati: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ahamiyati va hozirgi bosqichdagi kadrlar siyosati, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va tayyorlash, attestasiyadan o'tkazish kabi masalalarga to'xtalib o'tilgan.
  • Menejment tamoyillari: Menejment tamoyillarining tasnifi, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqaruv tamoyillari, bozor sharoitida O'zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari haqida so'z boradi.
  • Menejment tamoyillari (jahon tajribalari): Anri Fayol tamoyillari, Garrington Emerson tamoyillari, Frederika Uinslou Teylor tamoyillari, Maks Veber tamoyillari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Menejment funktsiyalari: Boshqaruv vazifalari va funktsiyalari, boshqaruv funktsiyalarining turkumlanishi, menejmentning iqtisodiy, ijtimoiy ma'naviy va tashkiliy funktsiyalari haqida ma'lumot beriladi.