Biokimyo

Ushbu kitobda Biokimyo fani, uning predmeti, metodlari, tarixi, molekulyar biologiya, oqsillar, uglevodlar, lipidlar, gormonlar, vitaminlar, moddalar va energiya almashinuvi, jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining biokimyoviy asoslari kabi mavzular yoritilgan. Kitob talabalarga biokimyo fanini o'rganishda yordam berishga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Biokimyo va molekulyar biologiya fanining predmeti, metodlari, tarixi: Biokimyo organizmlarning rivojlanishi va funksiyalarini ado etib turishiga asos bo'lgan molekulyar protsesslarni o'rganadigan fan. Uning metodlari va ahamiyati haqida tushuncha.
  • Oqsillar, ularning tarkibi va xususiyatlari: Peptid bog'i, peptid asosi hamma oqsillarga xos boʻlgan struktura. Oqsil molekulasidagi vodorod va disulfid bogʻlar haqida tushuncha. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va toʻrtlamchi strukturasi.
  • Uglevodlar, lipidlar, ularning oʻziga xosligi va ahamiyati: Uglevodlarning hayotiy jarayonlardagi ahamiyati. Uglevodlar tuzilishi va xususiyatlariga koʻra ikkita gruppaga: oddiy va murakkab uglevodlarga boʻlinishi haqida tushuncha. Lipidlarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va funksiyasi.
  • Gormonlar va vitaminlarning klassifikasiyasi, ularning tuzilishi funksiyasi: Vitaminlar organizm hayotini normal kechishi uchun zarur moddalardir. Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha. Gormonlarning kimyoviy tabiati va ta'sir usuliga koʻra gruppalarga boʻlinishi.
  • Moddalar va energiya almashinuvi: Hujayra nafas olishi va nafas olish zanjiri. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari.
  • Jismoniy tarbiya va sport mashqlari olib borishning biokimyoviy asoslari: Sport ish kobilyatining biokimyoviy omillari, sportchilar chidamliligining biokimyoviy asoslari, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanganda ovqatlanishning biokimyoviy asoslari