Макроиктисодиёт
Ushbu kitob makroiqtisodiyot fanidan oʻquv qoʻllanma boʻlib, unda makroiqtisodiyotga kirish, milliy hisob-kitob, muvozanat va barqarorlik, yalpi talab, daromad modeli, pul bozori va boshqa koʻplab makroiqtisodiy mavzularga oid maʼlumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Makroiqtisodiyotga kirish: Makroiqtisodiyot fanining vazifalari, makroiqtisodiyot va cheklangan resurslar, makroiqtisodiyotning fundamental muammolari, ishlatilmagan resurslar, iqtisodiy oʻsish va kelajak.
- Makroiqtisodiyotdagi doiraviy aylanish: Makrokoʻlamda tovar va pullar doiraviy aylanishi, bozorlar, korxonalar, uy xoʻjaliklari, oqimlar va zahiralar, makroiqtisodiy muvozanat, doiraviy aylanishda davlatning qatnashishi, mamlakatda makroiqtisodiy doiraviy aylanish va tashqi iqtisodiy tizimlar.
- Milliy iqtisodiyot hajmi, tarkibi va dinamikasini oʻlchash: Makroiqtisodiy koʻrsatgichlar va ularning ahamiyati, yalpi milliy mahsulot, YAIMni oʻlchash, sof milliy mahsulot, milliy daromad, shaxsiy daromad koʻrsatgichlari, narxlar darajasini oʻlchash, nominal va real YAIM.
- Yalpi talab egri chizigʻi: Yalpi talab va yalpi taklif tushunchasi, AD va AS egri chizigʻi, yalpi talab egri chizigʻi uzgarishlarining sabablari, foiz stavkasi effekti, import xaridlari effekti, yalpi talab omillari, yalpi taklif egri chizigi kesmalari, yalpi taklif omillari.
- Klassik va keynscha daromad modeli: Klassik nazariya va uning fundamental postulatlari, iqtisodiyotdagi amortizatorlar, investitsiyaning alternativ qiymati, Sey qonuni, Keynsning iqtisodiyotning asosiy amortizatorlarini tanqid qilib chiqishi, Keynsning multiplikativ effekti.
- Daromadlar va xarajatlar muvozanati modeli: Keyns modeli abstraksiyalari, real daromad qismlari, isteʼmol funksiyasi, sof soliqlar, muljallangan xarajatlar va uning egri chizigʻi, harajatlar tarkibi, muljallangan xarajatlar darajasini belgilovchi omillar.
- Milliy iqtisodiyot va davlat: Milliy iqtisodiyot tushunchasi, Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining tarkibi, oʻziga xos xususiyatlari, davlat va uning iqtisodiy funksiyalari, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish, bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida davlat.
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning zarurligi va ahamiyati, davlat tomonidan tartiblashning mohiyati va maqsadi, davlat tomonidan tartibga solishning yoʻnalishlari va usullari, programmaʼlashtirish, oʻsish siyosati.
- Moliya va soliq solish tizimi: Mamlakatning moliya tizimi, uning mohiyati, tarkibi, davlat moliyasi, davlat budjeti va uning qismlari, davlat budjeti daromadi manbai va harajatlar tarkibi, soliq tizimi va uning tarkibi, soliq tizimini takomillashtirish muammolari.
- Fiskal siyosat: Fiskal siyosatning mohiyati, maqsadlari, fiskal siyosatni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, klassik makroiqtisodiy modelda fiskal siyosat, fiskal siyosat mexanizmiga keynscha va monetarcha qarashlar, disrektsion fiskal siyosat, ragʻbatlantiruvchi va usishni ushlovchi fiskal siyosat.
- Byudjet defitsitligi va davlat qarzi: Davlat budjeti kamomadligi sabablari muammosi, kamomadni bartaraf qilish yoʻllari, davlat qarzi va uni kamaytirish yoʻllari.
- Makrokoʻlamda pul bozori va kredit tizimi: Pul bozori, uning tarkibi va uni tartibga solish, pul bozorida talab va taklif muvozanati, pul talabi va taklifida uzgarishlarning oqibatlari, kredit tizimi, uning tarkibi, markaziy bank, uning roli va funksiyalari, markaziy bankning pul kredit siyosati.
- Qimmatli qogʻozlar bozori va uni tartibga solish: Qimmatli qogʻozlar mohiyati, turlari, qimmatli qogʻozlar bozori, fond birjasini tartibga solishda davlatning roli, Oʻzbekistonda qimmatli qogʻozlar bozorining oʻziga xos xususiyatlari, oʻrni va istiqbollari.
- Iqtisodiy beqarorlik va inflyatsiya: Iqtisodiy beqarorlik, iqtisodiy tsikllar, hozirgi zamonda iqtisodiy krizis muammolari, davlatning antitsikllik siyosati, inflyatsiya, uni aniqlash va oʻlchash, inflyatsiyaga qarshi tartibga solish siyosati va uning shakllari.
- Mehnat bozori va ishsizlik: Aholi va iqtisodiyotning oʻsishi, demografik koʻrsatgichlar, mehnat bozori, ishsizlik va uning kelib chiqish sabablari, ishsizlikning darajasi, turlari, Oʻzbekistonda mehnat bozori va ishsizlik muammosining oʻziga xos xususiyatlari.
- Milliy daromadni taqsimlash va isteʼmol qilish: Milliy daromadning taqsimlanishi, aholi daromadlari, daromadlarni notekis taqsimlanishi va u bilan bogʻliq muammolar, aholining tabakalanishi, kambagʻallik muammosi, turmush darajasi va uning koʻrsatgichlari.
- Iqtisodiy oʻsish: Iqtisodiy oʻsish nazariyasi, iqtisodiy oʻsishning mohiyati va ahamiyati, iqtisodiy oʻsish arifmetikasi, iqtisodiy oʻsish omillari, iqtisodiy oʻsishga halal beruvchi omillar, yalpi talab, tasodifiy tebranishlar va iqtisodiy oʻsish.
- Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat: Ochiq iqtisodiyot, ochiqlik koʻrsatgichlari, toʻlov balansi, valyuta kursi, qatʼiy belgilangan va suzib yuruvchi valyuta kursida iqtisodiy siyosat.