Tarbiyasi qiyin o'smirlar psixologiyasi
Ushbu qo'llanma o'quvchilarni axloqiy jihatdan barkamol shaxs qilib shakllantirish, ularda vatanparvarlik, milliy g'oya va baynalmilalchilik hislarini o'stirishga qaratilgan. Tarbiya jarayonida o'smirlarning psixologik xususiyatlari, o'zgarish davri, salbiy xulq-atvor sabablari va ularni bartaraf etish usullari ilmiy asosda yoritilgan.
Asosiy mavzular
- O'smirlardagi salbiy xulq-atvor guruhlari: Turli tartib intizomsizliklar, atrofdagi insonlar bilan noto'g'ri munosabat, konfliktlar, tasodifiy guruhlarga kirish, jamoada o'zini ko'rsatishga intilish kabi holatlar keltirilgan. Shuningdek o'quvchi-o'smirlarning maktabdagi tartib qoidalarni tushunmaslik yoki o'z xulq-atvorini boshqara olmaslik, agressivlik ya'ni jismoniy kuch ishlatish, qo'rqitish, serzardalik faktorlari ham ko'rib chiqilgan.
- Temperament xususiyatlari: Sangvinik, flegmatik, xolerik, melanxolik temperamentdagi o'smirlarning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
- O'smirlik xulq-atvorining reaksiyalari va deviant xulq-atvor klassifikatsiyasi: Emansipatsiya reaksiyasi, tengqurlari bilan guruhlashgan reaksiya, qiziqish xobbi reaksiyasi, deviant xulq-atvor tushunchalari bayon qilingan.
- Delinkvent xulq: Delinkvent va kriminal xulqning ijtimoiy sabablari, birlamchi va ikkilamchi delinkventlik, unga oid ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar haqida ma'lumot berilgan.
- Psixika va narkotiklar: Narkotiklarning ta'siri, muammolari, suitsid mayli, agressivlikka moyillik kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
- Uyatchanlik va tortinchoqlik muammosi: Uyatchanlikning sabablari, turlari, bartaraf qilish usullari, psixoterapiya jarayonlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- G'azablanish va sarosimaga tushgan odam bilan o'zingizni qanday tutishingiz lozim?: Teskari aloqa, faol tinglash, muloqot, nizolarni yechish, kelishuvga erishish kabi jihatlarga to'xtalib o'tilgan.