Bank ishi
Ushbu kitob O'zbekistonda bank ishi nazariyasi va amaliyotiga bag'ishlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari, magistratura bo'limi tinglovchilari va bank xodimlari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Bank ishi fanining predmeti va metodi: Bank ishi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, bank tizimi va uning o'ziga xos xususiyatlari, banklarning rivojlanish bosqichlari, bank ishi fanining huquqiy asoslari.
- Tijorat banklari va ularning tashkiliy tuzilishi: Bank faoliyatini tashkil etishning umumiy vazifalari, bank faoliyatini tashkil qilish printsiplari, bankning bo'linmalari va ularning vazifalari, bankning boshqaruv organlari.
- Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari: Bank tashkiliy tuzilmasining tasniflanishi, O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish tartiblari.
- Tijorat banklarining resurslari va bank kapitali: Tijorat banklarining resurslari tuzilishi va tarkibi, tijorat banklarining o'z mablag'lari, jalb qilingan mablag'lar haqida tushuncha.
- Bank aktivlari, ularning mohiyati va tarkibi: Bank aktivlari haqida tushuncha, bank aktivlarni sifati va ularning tasniflanish tizimi, bank aktivlarini boshqarish.
- Tijorat banklarining daromadlari: Bank daromadlarining manbalari, bank daromadlarining tarkibiy tuzilishi.
- Tijorat banklarining xarajatlari: Bank xarajatlari tarkibi va tuzilishi, bankning foiz marjasi.
- Tijorat banklarining foydasi va uni hisoblash: Bank foydasini boshqarishning ahamiyati, tijorat banklari foydasini baholash asoslari.
- Tijorat banklarining to'lovga layoqatliligi va likvidligi: Bankning to'lovga layoqatliligi va likvidligi haqida tushuncha, bank likvidligiga ta'sir etuvchi omillar.
- Tijorat banklarining likvidlik ko'rsatkichlari: Tijorat banklarining likvidligini baholash usullari.
- Tijorat banklarining passiv operatsiyalari, ularning turlari va tavsifi: Bank passivlarini boshqarishning mohiyati va ahamiyati.
- Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalari: Tijorat banklarining depozit operatsiyalari.
- Tijorat banklarining kreditlash usullari: Bank kreditlarining turlari va shakllari.
- Tijorat banklarining kredit siyosati va uning mazmuni: Tijorat banklarining kredit siyosati va unga qo'yilgan talablar.
- Tijorat banklarida kreditlash jarayonini tashkil etish asoslari: Kreditlash jarayonini tashkil etish va boshqarish asoslari.
- Kreditga layoqatlilik tushunchasi: Aylanma mablag'lar va mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari.