Soha тexnologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, soha texnologiyasi fanini o'rganishga bag'ishlangan. Qo'llanmada savdodagi jarayonlar texnologiyasining nazariy asoslari, ulgurji va chakana savdo korxonalarida savdo jarayonlarini tashkil etish masalalari atroflicha yoritilgan. O'quv qo'llanma bo'lajak tijoratchi, tadbirkor va marketologlarni tayyorlashda har tomonlama yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Savdo jarayonlari texnologiyasining tuzilish asoslari: Ushbu bobda savdo texnologik jarayoniga ta'sir etuvchi omillar, texnologik jarayonlarni ratsional tuzilish tamoyillari, tovarlarni tarmoqlardan o'tib borishi va uning usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Ulgurji savdo tashkilotlari, ularning vazifalari, tiplari va turlari: Ushbu bob ulgurji savdoning ro'li, ulgurji tashkilotlarning turlari va vazifalarini ochib beradi.
- Tovar omborlari, ularning tuzilishi va joylashtirilishi: Omborlarning vazifalari, ularning tavsifi, ombor xonalarining turlari va joylashtirilishi, ombor maydonlariga va ombor hajmiga bo'lgan ehtiyojlarni aniqlash yoritilgan.
- Omborlarning texnologik jihozlari: Tovarlarni saqlash, tashishda tagliklardan foydalanish, og'irlikni o'lchash va qadoqlash jihozlari, va yuk tashuvchi mashina va moslamalar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Savdo omborlarida umumiy texnologik jarayonlar: Ombor texnologik jarayoni va uni tashkil etish prinsiplari haqida batafsil yoritib berilgan.
- Savdoda tara va tara operatsiyalari: Savdo texnologik jarayonida oʻramni va taralarni roli haqida tushunchalar berilgan.
- Yuklarni transport vositalarida boshqa joyga tashish texnologiyasi: Ushbu bob transport turlari va ularning savdodagi ro'li haqida ma'lumot beradi.
- Do'konlarda savdo-texnologik jarayonlarni tashkil etish: Do'konlardagi savdo-texnologik jarayonning tarkibiy qismlari va uni ratsional tashkil qilish tamoyillari batafsil yoritilgan.
- Chakana savdo korxonalarini tovar bilan ta'minlash texnologiyasi va tashkil etilishi: Chakana savdo korxonalarini tovar bilan ta'minlash tamoyillari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tijorat-texnologik jarayon va do'kondagi mehnatni tashkillashtirishni boshqarish: Mazkur bobda do'konda tijorat-texnologik jarayonlar va mehnatni to'g'ri tashkil etish haqida ma'lumot berilgan.
- Do'kon interyeri va uni reklama axborotlari bilan bezash: Ushbu bob do'konning firma stili (uslubi) va interyeri haqida ma'lumot berilgan.
- Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish: Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish tamoyillari batafsil yoritilgan.