Nitrobenzol va uning eritmalarida molekulalararo o’zaro ta’sirlarning spektral namoyon bo’lishini o’rganish

Ushbu kitobda nitrobenzol moddasining optik va spektral xususiyatlari, molekulalararo o'zaro ta'sirlashuv spektrlari, kvant-kimyoviy hisoblashlar va agregatsiya jarayonlari batafsil o'rganilgan. Suyuqliklarda molekulyar tuzilish, Van-der-Vaals kuchlari, vodorod bog'lanishlarining spektral namoyon bo'lishi va ushbu hodisalarni matematik modellashtirish masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari: Van-der-Vaals kuchlari (tortishish, itarish, orientatsiyalanish, induktsion, dispersion), dipol momentlarining ta'siri, qutblanish va ularning molekulyar xususiyatlarga bog'liqligi.
  • Kombinatsion sochilish spektrlari: Yorug'likning kombinatsion sochilishi hodisasi, Reley sochilishi, Stoks va antistoks chiziqlari, molekulalarning tebranish harakteristikalari, klassik va kvant nazariyalari.
  • Noempirik hisoblash usullari: Molekulalarning elektron tuzilishini hisoblash usullari, atomlararo bog'lanishlar, molekulyar geometriya va o'lchamlarni aniqlash, Gaussian dasturiy majmuasi va uning imkoniyatlari, hisoblashlardagi xatoliklar.
  • Nitrobenzol va uning eritmalarining spektral tahlili: Nitrobenzolning kombinatsion sochilish spektrlari, parallel va perpendikulyar tashkil etuvchilar, konsentratsiyaning ta'siri, molekulalararo vodorod bog'lanishning hosil bo'lishi, dimerlarning strukturasi va energetik xususiyatlari.