Молиявий ва бошқарув таҳлили

Ushbu kitob x ўjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy ahvolini, ishlab chiqarish xarajatlarini, tovarlarni realizatsiya qilishni va umumiy moliyaviy natijalarni chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda moliyaviy tahlilning mohiyati, metodlari, vazifalari va axborot manbalari keng yoritilgan bo'lib, amaliyotchi buxgalterlar, iqtisodchilar va auditorlar uchun muhim qo'llanma bo'lishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Moliyaviy va boshqaruv tahlilining mohiyati: Tahlil fanining shakllanishi, O'zbekistonda iqtisodiy tahlilning rivojlanishi, bilish nazariyasi va tahlil, moliyaviy va boshqaruv tahlili fanining mazmuni, bozor munosabatlarining takomillashuvi sharoitida moliyaviy va boshqaruv tahlilining ahamiyati, moliyaviy va boshqaruv tahlili fanining predmeti, vazifalari, tamoyillari va fanlar sistemasida tahlilning tutgan o'rni.
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili usullari: Taqqoslash usuli, guruhlashtirish usuli, balansli bog'lanish usuli, mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli, zanjirli bog'lanish usuli, oddiy va iqtisodiy matematik usullar.
  • Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tahlilni tashkil etish: Tahlil ishlari qanday tashkil qilinishi lozimligi, tahliil bosqichlari, tashqi va ichki tahlil va ularning xususiyatlari, yig’ma axborotdan foydalanish.
  • Sanoat mahsulotining ishlab chiqarish tannarxini tahlili: Mahsulot tannarxining mohiyati, turlari, o'rganish manbalari, harajatlarning tasnifi, 1 so’mlik mahsulotlar taxlili, mahsulot hajmiga va sifatga bog’liqlik darajasi, amortizatsiya masalalari.Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish harajatlarini taqqoslash tartibi.
  • PUL OQIMLARINING TAHLILI: Pul oqimini tashkil etishning tamoyillari, rejalilik, dinamiklik kabi tamoyillarga rioya qilinishi, pul oqimlarining turlari va sabablari va ularni boshqarish xususiyatlari.
  • Xususiy kapital tahlili: Xususiy kapital tarkibi, ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, balans passivining moddalari.
  • Asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish taxlili: Asosiy vositalar holat ko'rsatkichlari, yaroqlilik darajasi, eskirish darajasi, yangilanishi va texnik jihozlanganligi, aktiv va passiv tahlillari.
  • DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARNI TАHLILI: Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari nima? Buхgalteriya balansida деbitorlik va kreditorlik hisoblariga doir bo’lgan bandlar qanday yuritiladi?