Инновацион педагогика

Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalarida pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar, magistrlar, tadqiqotchilarga mo'ljallangan bo'lib, ularning innovatsion pedagogika sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan. Qo'llanmada yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari, o'qitish uslublari, dars jarayonini tashkil etish texnikasi, o'qituvchi va talabaning hamkorligi, baholash usullari kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitob o'quv jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirish va pedagogik mahoratni oshirishga ko'maklashadi.

Asosiy mavzular

  • Ta'limda innovatsiya: Ta'lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarning samaradorligini oshirish, ta'lim tizimida innovatsiyalarni joriy etish, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, texnologik xaritaning ahamiyatini belgilash masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Dars uslubiyoti va texnikasi: Darsga qo'yiladigan talablar, innovatsion texnologiyalarni qo'llash zaruriyati, pedagogik texnologiya tushunchasi, pedagogik texnologiyalar tarixi kabi masalalar yoritiladi. Darsni tashkil etishda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan jihatlar, o'qitish shakllari va turlari haqida ma'lumot beriladi.
  • O'qituvchining innovatsion faoliyati va pedagogik mahorati: O'qituvchining innovatsion faoliyati, mahorati, ijodkorligi, novatorligi, pedagogik hamkorlik va mahorat, o'qituvchi faoliyatida vaqt va ishonch, pedagogik jarayonda talabalarga psixologik ta'sir etish muammosi, shaxsning kamol topishida o'z-o'ziga ta'sir etishning ahamiyati kabi mavzular batafsil ochib berilgan.
  • Oliy pedagogik ta'limda seminar o'tkazishning uslubiy tavsiyalari: Ta'lim muassasalarida o'quv seminarlarini tayyorlashning samaradorligi, trener mahorati va trening uslubiyoti, "Tanishuv", "Tushunchalar tahlili", "Bumerang", "Ssenariy", "Zinama-zina", "Rezyume", "Muammo", "Ajil", "Konsensus i konfrontatsiya", "Labirint", "Blits-so'rov", "FSmu" texnologiyalari kabi seminar o'tkazish texnologiyalari batafsil yoritilgan.