Қорамолнинг миясидан физиологик фаол пептидларни ажратиш
Ushbu kitobda qoramol miyasidan fiziologik faol peptidlar ajratib olish, ularning tarkibi, xossalari va farmakologik xususiyatlari o'rganilgan. Tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar asosida yangi dorivor vositalar yaratish va nevrologik kasalliklarni davolash istiqbollari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Qoramol miyasining kimyoviy tarkibi: Nerv to'qimalarining tuzilishi, suv, lipidlar, minerallar, oqsillar, uglevodlar va ularning miqdori haqida ma'lumot berilgan.
- Qoramol organizmidagi biologik faol moddalar: Peptidlar, ularning tuzilishi, sintezlanishi, turlari va biologik ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- Neyroprotektiv va neyrotrofik peptidlar: Neyroprotektorlar, ularning ahamiyati, klassifikasiyasi, ta'sir mexanizmlari va tibbiyotda qo'llanilishi haqida ma'lumot berilgan.
- Церебролизиннинг ажратиб олиш усуллари ва таркиби: Церебролизинни олиш жараёни, тозалаш, фракциялаш усуллари баён этилган.
- Nerv o'sish omili: Nerv usish omili (NGF) ning ahamiyati, struktura elementlari, ta'sir mexanizmlari haqida ma'lumot berilgan.
- Церебролизиннинг фармакологик хусусиятлари: Церебролизиннинг ҳаракатланиш фаоллигига, чидамлиликка, уйқуга таъсири, шунингдек, ваҳима ва талвасага қарши хусусиятлари таҳлил қилинган.