Easy english

Kitob ingliz tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda til o'rganishning o'ziga xos usuli qo'llanilgan. Kitob boshlang'ich o'rganuvchilarga mo'ljallangan va ularga qisqa vaqt ichida mustaqil gap tuza olish darajasiga yetishlariga yordam beradi. Unda so'zlarni yod olish, grammatik qoidalarni o'rganish osonlashtirilgan. Kitobda inglizcha-o'zbekcha so'zlashgichlardan farqli ravishda tayyor gap va iboralarni yodlash emas, balki mustaqil gap tuzish, ularni to'ldirish va to'g'ri tarjima qilish o'rgatiladi. O'rganuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida so'zlarning o'qilishi o'zbek alifbosida transkripsiya qilingan. Kitobda 1000 dan ziyod inglizcha so'zlarning o'qilishi va tarjimasi berilgan.

Asosiy mavzular

  • Salomlashish va tanishish: Men, siz, u, biz, ular kabi so'zlarning inglizchasini o'rgatadi (I, you, he, she, it, we, they).
  • Ish-harakatlarni aytish: Bajariladigan ish-harakatlarni (fe'llarni) o'rgatadi.
  • "Present Simple" zamonida gap tuzish: Odatdagi, doimiy faoliyatni aytishni o'rgatadi.
  • Gapni to'ldirish: Meni, menga, sizni, sizga, uni, unga, bizni, bizga, ularni, ularga kabi so'zlarni qo'llashni o'rgatadi (me, you, him, her, it, us, them).
  • O'tgan zamon fe'llari: "Past Simple" zamonini, ya'ni o'tgan zamonda bajarilgan ish-harakatni aytishni o'rgatadi.
  • Kelasi zamon fe'llari: "Future Simple" zamoni, ya'ni kelgusida bajariladigan ish-harakatni aytishni o'rgatadi.
  • Egalik olmoshlari: Mening, sizning, uning, bizning, ularning kabi so'zlarni (my, your, his, her, its, our, their) o'rgatadi.
  • Maxsus fe'llar: Ingliz tilida juda ko'p vazifalarda qo'llaniluvchi "to be", "to have", "to do" fe'llarini alohida o'rgatadi.
  • "Present continuous" zamoni: Hozir davom qilayotgan ish-harakatni aytishni o'rgatadi.
  • "Past continuous" zamoni: O'tgan zamonda biror vaqtda davom qilib turgan ish-harakatni aytishni o'rgatadi.
  • "Future continuous" zamoni: Kelgusida biror vaqtda davom qilib turadigan ish-harakatni aytish uchun qanday gap tuzishni o'rgatadi.
  • Modal fe'llar (Modal verbs): Modal fe'llarni o'rgatadi.
  • "Present perfect" zamoni: Hozir tugallangan ish-harakatni aytishni o'rgatadi.
  • "Past perfect" zamoni: O'tgan zamondagi biror vaqt yoki hodisaga qadar tugallangan, undan oldin tugallangan ish-harakatni o'rgatadi.