Fors tili

Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida Termiz davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan bakalavr bosqichi talabalariga fors tilini o'rgatish maqsadida yaratilgan. Qo'llanmada fors tilining fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, yozuvi va o'zbek tilidagi unlilar bilan talaffuzidagi asosiy farqlar, fors va o'zbek tillarida interaktiv metodlar nazarda tutilgan bo'lib, foydalanishga mo'ljallangan elektron darslik va teledasturlar, bundan tashqari, E. L. Gladkovaning „Uchebnik persidskogo yazika“, I.K. Ovchinnkovaning “Uchebnik persidskogo yazika", A. Quronbekov, M. Abdusamatov, L. Xalilovlarning "Fors tili" darsliklaridan ijodiy foydalanildi.

Asosiy mavzular

  • Fonetika: Fors tilida unli va undosh tovushlar, ularning xususiyatlari, talaffuzi va o'zbek tilidagi farqlari haqida ma'lumot beriladi. Unli tovushlar deb, talaffuz jarayonida biron to'siqqa uchramaydigan tovushlarga aytiladi. Forf tili olti unli fonema va diftong bor: Bular quyidagilar: “i”, “e”, “o”, “u”, “o“ ”, “a” yakka unlilar va “ey”, “oʻu” diftonglari.
  • Alifbo: Arab alifbosi 28 harfdan iborat bo'lib, forslar oʻzlariga xos tovushlarini ifodalash uchun qoʻshimcha ravishda quyidagi 4 harfni kiritdilar: ژ, چ, پ, گ. Shunday qilib arab-fors alifbosida 32 harf hosil boʻlgan. Bu harflar asosan 16 belgidan iborat bo'lib, ulardan bir qanchasini ost yoki ustiga bir, ikki va uchtadan nuqta qo'yish orqali ularning soni koʻpaytirilgan.
  • Otlarda koʻplik: Fors tilida otlarning oxiriga “ho” va “on” qo'shimchalarini qo'shish bilan koʻplik yasaladi. Agar undoshlar bilan tugasa alif undoshi qo'shiladi kabi Ma'lumki, arabiy va forsiydan ham ko'plab olingan. Shuning uchun hamma qo'shimchalar orqali koʻplik qilish mumkin.
  • Aniq kelasi zamon fe'li: Fors tilida fe'l lug'atlarda doimo masdar shaklida beriladi. Fe'lning bu shakli shaxs, son va zamon ma'nolarini bildirmagani uchun fe'lning noaniq (masdar) shakli deb ataladi. Masdar fe'lning otga yaqin shakli boʻlib, ham fe'llik, ham otlik belgilariga ega. Masdarning fe'llik belgisi harakat, holat, oʻtimli oʻtimsizlik, boshqa so'zlarni boshqarish boʻlsa, uning otlik belgilari esa otlar singari turlanishi va gapda ot bajargan sintaktik vazifalarni bajarishidir.
  • Qo'shma fe'llar: Fors tilida sodda fe'llar bilan bir qatorda qoʻshma fe'llar ham qoʻllaniladi. Ot yoki sifat va ko'makchi fe'llar bilan yasalgan fe'llar qo'shma fe'llar deyiladi. Qo'shma fe'llar tarkibiga kirgan sodda fe'llar oʻz leksik ma'nolarini yo'qotib, ko'makchi vazifasini bajaradi.
  • Egalik affikslari: Fors tilida egalik affikslari otlarning oxiriga qoʻshilib narsaning qaysi shaxsga tegishli ekanligini koʻrsatadi. Bu affikslar oʻzi qoʻshilgan soʻz bilan birga bir soʻz tarzida talaffuz qilinadi. Egalik affikslari urgʻu olmay, balki undandan oldingi bugʻinga tushadi.