O’zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy huquqi
Ushbu kitob O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqining turli jihatlarini, jumladan davlat tuzilishi, inson huquqlari, hokimiyat tarmoqlari va boshqaruv shakllarini yoritadi. Materiallar akademik adabiyotlar, qonunchilik va amaliyotga asoslangan.
Asosiy mavzular
- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi faniga kirish: Fanning tushunchasi, predmeti, o`ziga xos hususiyatlari, tizimi va manbalari. Konstitutsiya tushunchasi, turlari va ahamiyati.
- O`zbekistonning konstitutsiyaviy tarixi: Konstitutsiyaviy tarix bosqichlari. Mustaqillik deklaratsiyasi, yangi Konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati, Prezidentning roli va o`zgartirishlar kiritish tartibi.
- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari: Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlar bo`linishi, qonun ustunligi, tashqi siyosat asoslari.
- Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari: Shaxs huquqiy maqomi, prinsiplari, huquq, erkinlik va burchlari tushunchasi hamda tasniflanishi.
- O`zbekistonda jamiyat va shaxs o'zaro munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari: Fuqarolik jamiyati, iqtisodiy negizlar, jamoat birlashmalari, oilaning konstitutsiyaviy maqomi.
- O`zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi va davlat tuzilishining konstitutsiyaviy asoslari: Ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi tushunchasi.Hududiy qismlarni tashkil qilish, o`zgartirish va tugatish tartibi.
- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi, vakolatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi: Prezidentlik lavozimining joriy qilinishi, konstitutsiyaviy vakolatlari va normativ-huquqiy hujjatlar
- O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari: Mahalliy hokimiyat organlari tizimi, vakillik organlari va ijroiya hokimiyat organlari munosabatlari