Turizm iqtisodi
Ushbu kitob Oʻzbekistonning turizm salohiyati va iqtisodiyotdagi oʻrni, rivojlanish strategiyalari, turistik mahsulotlar, xizmat koʻrsatish, marketing, soliq siyosati va korxonalarni boshqarish masalalarini qamrab olgan. Kitob turizm sohasida bilim berish va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari: Ushbu bobda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy asoslari, iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta'sir doirasi va Buyuk Ipak yoʻlining ahamiyati koʻrib chiqiladi.
- Turizmning rivojlanishida asosiy omillar: Ushbu bob turizmni rivojlantirishda hukumat va xususiy sektorlarning roli, turizm iqtisodiyotining statistik ma'lumotlari va turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish muammolarini oʻz ichiga oladi.
- Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi: Bu bobda turistik mahsulotlar toʻgʻrisida tushuncha, turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari, baholanishi, narx belgilashga ta'sir qiluvchi omillar va turizm sektorida narx farqliligi oʻrganiladi.
- Turlarni va yoʻnalishlarni ishlab chiqish: Ushbu bobda turistik yoʻnalishlarning asosiy tushunchalari va uni turkamlash, turlarni tashkil qilish bosqichlari va “Pekij - tur” toʻgʻrisida tushuncha koʻrib chiqiladi.
- Mehmonxona xoʻjaligining mohiyati va uni boshqarish asoslari: Bu bob mehmonxona xoʻjaligining joylashuvi, turkumlash, turistlarga xizmat koʻrsatish texnologiyalari tasnifi, mehmonxona xoʻjaliklariga boʻlgan talab va takliflarni oʻz ichiga oladi.
- Turizmda ovqatlanish xizmati va uni tashkil qilish. Restoran xizmati: Ushbu bob dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi, ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi, restoranlarda tannarxga ta'sir qiluvchi omillar va ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullarini qamrab oladi.
- Turistlarga transport xizmat koʻrsatish: Bu bob turistik transport sayohatini turkumlash, turistlarni havo yoʻli, suv va temir yoʻllari orqali transportda tashish qoidalari va turistlarni avtobuslarda tashish tasnifi va qoidalarini oʻz ichiga oladi.
- Turistlarga ekskursiya xizmati koʻrsatish: Ushbu bob turistlar ekskursiya xizmati koʻrsatish asoslari, ekskursiyaning turizmga bogʻliqligi va turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadini qamrab oladi.
- Turizmda marketing faoliyatlari: Bu bob turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi, turizm marketingining ta'rifi, mehmonxona xoʻjaliklari marketingi va turizm marketingining xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
- Turistik firmaning biznes rejasi: Ushbu bob turistik firma faoliyatini rivojlantirish asoslari, turistik firmada biznes reja loyihalari va turistik firmaning o'z oldiga qo'yadigan maqsad va vazifalarini oʻrganadi.
- Turizmda investitsion loyihalarning samaradorligini baholash: Bu bob turizmda investitsion loyihalarning guruhlarga bo'linishi, investitsiya manbalari va resurs imkoniyatlari va investitsiya loyihalarining tijoriy ahamiyatini qamrab oladi.
- Turistik firmalarni tashkil etish xususiyati: Ushbu bob turistik firmalarni rejalashtirishning roli, vazifalari, firmalarni tashkil etishda uzoq muddatli va strategik rejalashtirishning mohiyati va bosqichlarini oʻrganadi.
- Turistik faoliyatni litsenziyalash: Bu bob turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar, turizm faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalarga litsenziya berish tartiblari va turfirmalarning litsenziyaga amal qilish shartlarini oʻz ichiga oladi.
- Turismda sugʻurtalash: Ushbu bob turistik sug'urta va uning turlari, turizmda sug'urta tushunchasi, turistlar va turistik tashkilotlarni sug'urtalashning chet el tajribalarini qamrab oladi.
- Turizmda shartnoma munosabatlari: Ushbu bob turistik korxonalarning turmahsulotlarni sotishdagi asosiy hamkorlik munosabatlari, turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari va shartnomaning zaruriy shartlarini qamrab oladi.
- Turistik korxonalarni soliqqa tortish: Bu bob Oʻzbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi, xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va turizmda qoʻshimcha qiymat solig'ini oʻz ichiga oladi.
- Turistik rasmiyatchilik: Ushbu bob turistik muassasa va turistlar oʻrtasida yuzaga keluvchi rasmiyatchiliklar, turizmda fors-major majburiyatlari va turistik muassasalarda bitim faoliyati muddatini aniqlashni qamrab oladi.