Menejment
Ushbu kitob menejment asoslarini o'rganish bo'yicha qo'llanma bo'lib, unda menejmentning nazariy va amaliy jihatlari, tashkil etish tamoyillari, vazifalari, uslublari, qaror qabul qilish jarayonlari, axborot bilan ta'minlash, inson resurslarini boshqarish, liderlik, tashkiliy madaniyat, nizo va stressni boshqarish, biznesni boshqarish, marketing menejmenti, bojxona ishi menejmenti, innovatsion menejment, boshqaruv samaradorligi kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Menejment mustaqil fan: Menejmentning mohiyati, uning amaliy ahamiyati va tadqiqot obyekti. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi tendensiyalari. Fanning asosiy maqsadi va boshqa fanlar bilan aloqasi. Boshqaruv usullari haqida tushuncha.
- Menejment asoslarining rivojlanish bosqichlari: Mustaqillik davrida O'zbekistonda boshqaruv va menejmentning rivojlanishi. Qadimgi amaliyot va yangi fan o'rtasidagi bog'liqlik. XIX-XX asrlarda tashkilotlar va ularni boshqarish usullari. Boshqaruvning rivojlanishi va asosiy maktablari. Jarayon, holatiy va sistemali yo'nalish.
- Menejmentning asosiy tamoyillari, vazifa va usullari: Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari, ularni tatbiq etish. Amir Temurning boshqaruv tamoyillari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O'zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari. Davlat boshqaruvi. Boshqaruv funktsiyalari to'g'risida tushuncha. Boshqaruv usullari.
- Tashkiliy boshqaruv faoliyatini axborot bilan ta'minlash: Menejmentda axborotlar tizimining ahamiyati. Bog'lovchi jarayonlar. Axborot va kommunikatsiyalar – menejmentning asosiy unsurlari sifatida. Kommunikatsiya jarayoni. Axborot funktsiyalari. Zamonaviy tashkilotlarda kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo'llari. Samarali tinglash bo'yicha qoidalar.
- Raҳbar mehnatini tashkil etish: Boshqaruv mehnatining mazmuni va xususiyatlari. Menejerning fazilatlari. Bozorning menejerlarga bo'lgan talabi. Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi.
- Inson salohiyatini rivojlanish mexanizmi: Xodimning mehnat salohiyati. Inson resurslarini boshqarishning nazariy muammolari. Korxonalarda xodimlarni shakllantirish va ishni tashkil qilish. Xodimlarga bo'lgan extiyoj va uni qondirish manbalarini aniqlash. Xodimlar salohiyatidan foydalanishni baholash. Xodimlarni boshqarish funktsiyalari.
- Liderlik va tashkilot madaniyati: Liderlik haqida tushuncha. Liderlik turlari va ulardagi nazariyalar. Menejment va tashkiliy madaniyat. Menejment madaniyatining asosiy unsurlari. Ijtimoiy mas'uliyat va axloq.
- Boshqaruv tizimida ish yuritish asoslari: Boshqaruv tizimida ish yuritishning asosiy tushunchalari. Xujjatlar va ularni tuzishga qo'yiladigan talablar. Xujjatlarning turlari. Xujjatlar ijrosini nazorat qilish. Ish yuritish xodimlarining mehnatini tashkil etish.
- Nizo va stressni boshqarish: Nizo asoslari, tasnifi va tabiati. Nizolarni kelib chiqish sabablari. Nizolarni hal etish va boshqarish. Stress va uni boshqarish.
- Biznesni boshqarish: Biznes mohiyati, tadbirkorlik va biznes tushunchalari. Tadbirkorlikni boshqarish va uni tashkil etish. Tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilish. Foyda - tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi. Kichik biznes korxonalarida rentabellik va uni oshirish yo'llari.
- Marketing menejmenti: Marketing tushunchasi va uning mohiyati. Marketing maqsad va vazifalari. Marketingni tashkil etish tizimi. Marketing xizmati ahamiyati
- Bojxona ishi menejmenti: Bojxona ishi va uning vazifalari. Bojxona organlari va ularning asosiy vazifalari. Bojxona faoliyatida tartibga solish siyosatini amalga oshirish.
- Innovatsion menejment: Innovatsiyalar va innovatsion menejment. Innovatsion jarayon va uni boshqarish. Innovatsion menejment strategiyalari. Innovatsion faoliyatni amalga oshirish va tashkil etish shakllari. Yangi texnikani yaratish, o'zlashtirish va uning sifatini boshqarish.
- Boshqaruv samaradorligi: Boshqaruv samaradorligi to'g'risida tushuncha. Boshqaruv samaradorligi mezonlari va ko'rsatkichlari. Biznes-reja va samaradorlik. Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik.