Dasturlash
Ushbu kitob Microsoft Access ma'lumotlar bazasida ishlash, makroslar yaratish, Visual Basic sintaksisi, so'rovlar yordamida ma'lumotlarni tahlil qilish, tarkibli formalarni yaratish, hisobotlarni tayyorlash, ma'lumotlar bazasini administirlash kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Microsoft Access dasturlash muhiti: Accessning asosiy oynalari, kodni tahrirlash, parametrlar va sozlash instrumental vositalari haqida ma'lumot beriladi.
- Makroslar: Makroslarni yaratish, muharrirlash, makroguruhga birlashtirish, menyu komandalari va hodisalar bilan bog'lash, shartlar bilan bog'langan makroslarni bajarish usullari ko'rsatilgan.
- So'rovlar yordamida ma'lumotlarni tahlil qilish: Kesishgan so'rovlar, ularni yaratish, ustunlar fiksirlangan sarlavhalaridan foydalanish, detalizatsiya darajasini o'zgartirish, statistik funksiyalar va hisoblash usullari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Visual Basic Sintaksisi: Protseduralar, funksiyalar, o'zgaruvchilar, konstantalar, ma'lumotlar turlari, massivlar, o'zgaruvchi va konstantaning harakat sohasi, protsedura va funksiyaning harakat sohasi, tarmoqlanish va sikllar kabi mavzular yoritilgan.
- Hodisalar: Access hodisalari, ma'lumotlar hodisasi, fokus hodisasi, klaviatura hodisasi, sichqoncha hodisasi, bosmaga chiqarish hodisasi, filtr hodisasi, oyna hodisasi, xatolar hodisasi, taymer hodisasi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tarkibli formalarni yaratish: Elementlar paneli, boshqaruv elementlarining tarkib tiplari, yozuv boshqaruv elementi, maydon boshqaruv elementi, tanlov boshqaruv elementlari, guruh boshqaruv elementi, ro'yxat boshqaruv elementi, ko'pjadvalli formalarni yaratish, formalarda hisoblash masalalari ko'rsatilgan.
- Hisobotlarni tayyorlash: Tobe so'rovlar, saralash va guruhlash, hisoblash, ma'lumotlarni filtratsiya qilish, ma'lumotlar bazasini administirlash kabi amallar ko'rsatilgan.