Tribotexnika

Ushbu kitobda tribotexnika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari o‘rin olgan bo‘lib, unda ishqalanish mashinalari tuzilishi, yeyilish turlari, sirt g‘adir-budurligi kabi masalalar o‘rganiladi. Kitob avtomobilsozlik fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Ishqalanish mashinalari va ularda ishlash: SMT-2 ishqalanish mashinasining tuzilishi, namunalar o'rnatilishi, kinematik sxemasi, moy va suv termostatlarini ulash, yuklanish sxemasi, sinash kamerasi, ishga tushirish va to'xtatish tartibi.
  • «Val-vtulka» juftligidagi chiziqli yeyilishni aniqlash: «Val-vtulka» juftligida yeyilish jarayonini o‘rganish, namunalarni mahkamlash sxemasi, sinovgacha o‘lchamlarni olish, ishga tushirish va sinov o‘tkazish, to‘htatish, o‘lchash, chiziqli yeyilishni hisoblash, ishqalanish momentini aniqlash.
  • «Disk-disk» ishqalanish juftligidagi chiziqli yeyilishni aniqlash: «Disk-disk» juftligidagi yeyilish jarayonini o‘rganish, namunalarni mahkamlash sxemasi, sinovgacha o‘lchamlarni olish, ishga tushirish va sinov o‘tkazish, to‘htatish, o‘lchash, chiziqli yeyilishni hisoblash, ishqalanish momentini aniqlash.
  • «Disk-kolodka» ishqalanish juftligidagi chiziqli yeyilishni aniqlash: «Disk-kolodka» juftligida yeyilish jarayonini o‘rganish, namunalarni mahkamlash sxemasi, sinovgacha o‘lchamlarni olish, ishga tushirish va sinov o‘tkazish, to‘htatish, o‘lchash, chiziqli yeyilishni hisoblash, ishqalanish momentini aniqlash.
  • Yeyilishni mikrometraj usuli yordamida o`lchash: Yeyilishni mikrometraj usuli bilan o`lchash, o'lchov uskunalarini ishlatish, indikator va mikrometrni ishlatish, namunalarning ishqalanishdan oldin va keyin olingan o`lchamlari qiymatlari.
  • Chiziqliyeyilishni o`yilgan ariqchalar usulida aniqlash: Parma yordamida namunalarda ariqcha o`yib olish, yeyilishdan keyin ariqcha chuqurligi o`lchamlari, formula yordamida chiziqliyeyilish kattaligini hisoblash.
  • Model-283 profilometrida yeyilgan detallarning yuza g`adir-budirlik ko`rsatkichlarini o`lchash: Namunalarning yeyilishdan oldin va keyin yuza g`adir - budirliklarini o`lchash va solishtirish, Model-283 profilometrida yuza g`adir-budirlik kattaligini o`lchash.
  • Avtomobil detallarining yeyilish kattaliklarini aniqlash: Avtomobillarda ishqalanish tugunlaridagi detallar va zichlovchi rezinali manjetlarning yeyilish kattaliklarini aniqlash.
  • Sirpanuvchi uzellar materillarining jilvirli yeyilishini sinash: Ishqalanuvchi yuzalarning qattiq zarralar ta'sirida yemirilishi tushuniladi. Bu zarralar (donalar), odatda, juda pishiq bo`ladi va ishqalanish mintaqasida bemalol harakat qilishi yoki yuzalardan biriga yopishib qolib, mikronotekislik sifatida ta'sir etishi mumkin.
  • Sirpanish podshipnigini resursini hisobi: Sirpanish podshipnigini resursini hisobi. Tsapfada joylashgan, qoplama ko`rinishida bajarilgan antifriktsion elementli sirpanish (A.E.)podshipnigini resursini hisobi.