Molikular fizika
Kitob molekulyar fizika va termodinamika asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda moddalarning tuzilishi, xossalari, molekulalararo ta'sir kuchlari, ko'chish hodisalari va fazaviy o'tishlar kabi masalalar batafsil yoritilgan. O'quv qo'llanma fizika yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Molekulyar kinetik nazariyaning asoslari: Atomlar va molekulalarning tuzilishi, ularning xossalari, modda miqdori, molekulalararo ta'sir kuchlari, agregat holatlar, molekulyar fizikada qo'llaniladigan usullar va modellar
- Ideal gazlarning kinetik nazariyasi: Ideal gazning bosimi, temperatura, temperaturani o'lchash usullari va termometrlar, ideal gazning bosimi va temperaturasi orasidagi bog'lanish, Broun harakati, ideal gazning holat tenglamasi, ideal gaz qonunlari
- Statistik taqsimotlar: Gaz molekulalarining tezliklari bo'yicha taqsimoti (Maksvell taqsimoti), gaz molekulalarining o'rtacha tezliklari, Maksvell va Bolsman taqsimotlarining o'zaro munosabati, Bolsman taqsimoti, Fermi-Dirak va Boze-Eynshteyn taqsimotlari
- Termodinamika asoslari: Termodinamika predmeti, asosiy termodinamik tushunchalar, termodinamikaning birinchi qonuni, issiqlik sig'imi, ideal gazlardagi izojarayonlarga termodinamika birinchi qonunining amaliy tadbiqlari, qaytar va qaytmas jarayonlar, aylanma siklik jarayonlar, Karno sikli, termodinamikaning ikkinchi qonuni, entropiya
- Real gazlar va suyuqliklar: Molekulyar kuchlar va ideal gaz qonunlaridan chetlanishlar, Van-der-Vaals tenglamasi, real gazlarning ichki energiyasi, real gazlarning eksperimental izotermalari, fazaviy o'tishlar, to'yingan bug' bosimi, suyuqliklarning xossalari, sirt hodisalari, suyuqliklarda ko'chish hodisalari, polimerlar
- Qattiq jismlar: Qattiq jismlar simmetriyasi, kristall panjara, kristallardagi tekisliklar va yo'nalishlarning simvolik belgilari, kimyoviy elementlar va kristall panjara turlari, qattiq jismlardagi nuqsonlar, qattiq jismlarning mexanik xossalari, termodinamikaning uchinchi qonuni
- Molekulyar harakatlar va ko'chish hodisalari: Gaz molekulyar harakatining kinematik xarakteristikalari, gazlarda diffuziya, gazlarda ichki ishqalanish, gazlarda issiqlik o'tkazuvchanlik, siyraklashgan gazlarda fizikaviy hodisalar, suyuqliklarda ko'chish hodisalari, qattiq jismlarda ko'chish hodisalari