Ўқув устахонаси

Ushbu kitob asosan toʻqimachilik sanoati boʻyicha oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan oʻquv qoʻllanma hisoblanadi. Qoʻllanma toʻqimachilik sanoati mashinalari va jihozlarida texnik xavfsizlik, metallarga dastaki va mexanizatsiyalashgan usulda ishlov berish, materiallarni oʻlchash, andozalash va kesish, termik ishlov berish kabi amaliy laboratoriya ishlarini bajarishga yordam beradi. Unda har bir laboratoriya ishi uchun zaruriy ma’lumotlar, ishni bajarish tartibi, nazorat savollari va adabiyotlar roʻyxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Texnika xavfsizligi: O’quv ustaxonasida texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va jurnalga imzo chekish tartibi.
  • Slesarlik ish oʻrni: Slesarlik ish oʻrnini tashkil etish, jihozlar bilan tanishish, asbob-uskunalarni joylashtirish qoidalari.
  • Slesarlik qaychilari: Qaychilarning turlari, tuzilishi va metallarni kesish usullari.
  • Slesarlik arra: Arralash usullari va dastgohlar bilan tanishish.
  • Metallarni qirqish va taraqlash: Metallarga ishlov berishda zubila va kreysmeysellar bilan ishlash usullari.
  • Egovlash: Metall buyumlarini egovlash, silliqlash usullari va asboblar bilan tanishish.
  • Rezba qirqish: Ichki va tashqi rezbalarni qirqish usullari va asboblar bilan tanishish.
  • Tokarlik dastgohlari: Tokarlik dastgohlarida ishlash usullari va xavfsizlik qoidalari.
  • Frezalash: Frezalash dastgohlarining tuzilishi, frezalash usullari va asboblar bilan tanishish.
  • Parmalash: Parmalash dastgohlari va jarayonlari bilan tanishish, parmalash usullarini o'rganish.
  • Zenkirlash: Teshiklarni zenkirlash usullari va asboblar bilan tanishish.
  • Razvyortkalash: Teshiklarni razvyortkalash usullari va asboblari bilan tanishish.
  • Jilvirlash: Metallarni jilvirlash usullari va dastgohlari bilan tanishish.
  • Randalash: Metallarni randalash usullari va dastgohlari bilan tanishish.
  • Termik ishlash: Metallarga termik ishlov berish usullari va xususiyatlarini o'rganish.