Huquqshunoslik
Ushbu uslubiy qo'llanma talabalarga huquq bilan bog'liq bo'lgan asosiy tushunchalarni anglab yetishlariga, ma'muriy huquq, fuqarolik huquqi, iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid huquqiy normalarni, mehnat huquqi, oila huquqi jinoyat huquqi, ekologiya va xalqaro huquq asoslarini o'rganish asosiy maqsad qilingan.
Asosiy mavzular
- Davlat va huquq asoslari: Davlatning mohiyati, belgilari, funktsiyalari va shakllari. Davlat tiplari, mexanizmi, Xuquqiy davlat. Huquq belgilari, mohiyati, funktsiyalari. Huquq tizimi. Axloq va huquq. Huquqiy ong, huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya. Huquqbuzarlik. Yuridik javobgarlik. Huquqni muhofaza qiladigan organlar.
- Ma'muriy huquq asoslari: Ma'muriy huquq fani tushunchasi, predmeti, manbalari va tizimi. Ma'muriy huquqiy- munosabatlar tushunchasi. Ma'muriy huquq tamoyillari. Davlat boshqaruvi organlari tushunchasi, turlari va tizimi. Ma'muriy huquqbuzarlik,ma'muriy javobgarlik va ma'muriy jazo. Ma'muriy majburlov, uning xususiyatlari va turlari.
- Fuqarolik huquqi: Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi. Fuqarolarning huquq va muomala layoqatlari. Yuridik shaxslar, ularning vujudga kelishi va bekor bo`lishi. Yuridik shaxslarning huquqiy va muomala layoqatlari. Vitimlar va ularning turlari. Majburiat huquqi. Mulk huquqi. Fuqaroviy- huquqiy javobgarlikning umumiy tavsifi.
- Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish: Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tushunchasi. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo`yicha qonun hujjatlari va halqaro shartnomalar. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda chakana oldi- sotdi shartnomasining mohiyati. Iste'molchilarning tovar sifati haqida ma'lumotolish huquqi va sifatli yoki sifati lozim darajada bo`lmagan tovarlarni(ish, xizmatlar) topshirish oqibatlari.
- Mehnat huquqi asoslari: Mehnat huquqi tushunchasi, tamoyillari va mohiyati. Nikoh,uni tuzish va bekor qilish tartibi. Nikoh shartnomasi. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari. Ota- onalar bilan farzandlarning huquq va majburiyatlari. Ota- onalik huquqlaridan mahrum bo`lishning oqibatlari. Vasiylik va homiylik.
- Oila huquqi asoslari: Oila huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi. Oila huquqining manbalari. Oilani mustahkamlashning huquqiy masalalari. Nikoh tushunchasi. Nikoh tuzish tartibi, shartlari va monelik qiluvchi holatlar. Nikohning bekor qilinishi va uning okibatlari. Er va xotinning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda majburiyatlari. Ota-onalar va farzandlarning huquq va majburiyatlari.
- Ekologiya huquqi asoslari: Ekologiya huquqi, uning predmeti va ob'ektlari. Ekologik tizim tushunchasi. Ekologik javobgarlik tushunchasi. Atrof- muhitni xalqaro muhofaza qilish. Ekologiya huquqi tushunchasi va uning mohiyati. Ekologiya huquqining tamoyillari usullari, tizimi va funktsiyalari. Ekologik huquq ob'ektlari va tabiiy ob'ektlarga nisbatan davlat mulkchiligi.
- Jinoyat huquqi asoslari: Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifasi, usuli va tamyillari. Jinoyatning tarkibiy elementlari. Jinoyatlarni tasniflash. Jinoiy huquqbuzarlik va jinoiy jazo. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, uning turlari. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar.
- Xalqaro huquq asoslari: Xalqaro huquqning paydo bo`lishi. Xalqaro huquq tushunchasi, ob'ektlari, tamoyillari va funktsiyalari. Xalqaro huquq va milliy huquq. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq. Xalqaro huquqiy me'yorlarni yaratish. Xalqaro huquq tizimi.