Жисмоний маданиятнинг тиббий асослари
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Guliston Davlat Universiteti tomonidan nashr etilgan. Kitobda «Jismoniy madaniyatning tibbiy asoslari» fanidan o‘quv-uslubiy majmua taqdim etilgan. Unda fanning vazifalari, ahamiyati, rivojlanish tarixi, kasalliklar, shikastlanishlar, tibbiy nazorat, qon aylanishining buzilishi va boshqa muhim tibbiy jihatlar yoritilgan. Kitob talabalar uchun qo‘llanma bo‘lib, ularning bilim olish jarayonini osonlashtirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Fanning vazifasi, ahamiyati va rivojlanish tarixi: Fanning maqsad va vazifalari, talabalarning malakaviy darajalari, fanning o‘quv rejasidagi fanlar bilan bog‘liqligi, pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish usullari.
- Kasallik to‘g‘risida umumiy ta’limot: Kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, tasnifi, kechishi va natijalari haqida ma’lumotlar. Sog‘lik va kasallik tushunchalari.
- Sportchilarning kasallanishi va shikastlanishi: Sport bilan bog‘liq shikastlanishlar, sabablari, profilaktika choralari. Har xil sport turlarida kuzatiladigan shikastlanishlar.
- Tayanch-harakat apparatining shikastlanishi: Lat yeyish, muskul cho‘zilishi, suyak sinishi, ularning belgilari va birinchi yordam ko‘rsatish tartibi.
- Tibbiy-pedagogik nazorat: Tibbiy pedagogik nazoratning ahamiyati, vazifalari, uslublari, ahamiyati, va uning talablari, sportchilar organizmiga tasiri.
- Nerv sistemasi va boshqa organlarning shikastlanishi: Nerv sistemasi va ichki organlarning шикастланиши va shikastlanish darajalari haqida ma'lumotlar.
- Qon aylanishining buzilishi: Qon aylanishi doiralari, qon tomirlari turlari, qon aylanishining buzilishi, qon ketishi va qon quyilishi sabablari.
- Organizmni zo‘riqishi va o‘ta zo‘riqish: Charchash, organizmning zo‘riqishi, o‘ta zo‘riqish va ularning sabablari, sportda tiklanish vositalari.
- O‘tkir patologik holatlar: Hushdan ketish, gipoklemiya holati, cho‘kishda organizmda yuz beradigan o‘zgarishlar.
- Moddalar almashinuvining buzilishi: Moddalar almashinuvi, suv almashinuvi buzilishini kelib chiqishi, moddalar va suv almashinuvi natijasida organizmda kelib chiqadigan patologik holatlar.