«Ёнилға ва мойлаш материаллари» фанидан тажриба машғулотлар ўтказиш учун услубий кулланма
Ushbu kitob "Yonilg'i va moylash materiallari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun metodik qo'llanma bo'lib, unda benzin, dizel va surkov moylarining asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash usullari keltirilgan. Qo'llanma "Agroinjeneriya" bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda yonilg'i va moylash materiallarining xususiyatlari, ularni baholash usullari, tajriba o'tkazish tartibi va hisobot tuzish qoidalari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Benzinning asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Benzinning assortimenti bilan tanishish, zichligini aniqlash, fraksion tarkibini aniqlash, haydash grafigini qurish va tahlil qilish.
- Dizel yonilg'isining asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Dizel yonilg'isining assortimenti bilan tanishish, kinematik qovushqoqligini aniqlash, qotish haroratini aniqlash, tarkibidagi suv miqdorini aniqlash.
- Motor moylarining asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Motor moyining assortimenti bilan tanishish, kinematik qovushqoqligini aniqlash, tashqi ko'rinishi va hidini baholash.
- Sirkov moylarini asosiy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash: Sirkov moylarini tashqi belgilari bo'yicha sifatini aniqlash, tomchi haroratini aniqlash, penetratsiya sonini aniqlash.