Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi

Ushbu kitob tikuvchilik sanoati texnologiyalarini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda tikuvchilik korxonalarida gazlamalarni tayyorlash, bichish, tikish va pardozlash jarayonlari, shuningdek, kiyim detallariga ishlov berish usullari batafsil yoritilgan. Kitobda nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga ham e'tibor qaratilgan. Kitob materiallari yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi fanini o'zlashtirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Tikuvchilik sanoatining umumiy tavsifnomasi: Ushbu mavzu tikuvchilik sanoatining mohiyatini, perspektiv rivojlanishini, kiyimning vazifalarini va unga qo'yiladigan talablarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, fanning maqsad va vazifalari ham ko'rsatilgan.
  • Buyumlarni ishlab chiqarishga texnik tayyorlash texnologik jarayoni: Ushbu mavzu buyumlarni ishlab chiqarish bosqichlarini, tajriba sexdagi texnologik operatsiyalarning tasnifini, andozalar turini va ularni tayyorlashga qo'yiladigan talablarni, andozalar satxini o'lchash usullarini va gazlama sarfini normalashni qamrab oladi.
  • Gazlamalarni bichishga tayyorlash jarayonlari: Ushbu mavzu tayyorlov sexida texnologik jarayonning asosiy bosqichlarini, materiallarni nuqsonini aniqlashni, materiallarni saqlashni, to'shamalar uchun material tanlash va xillashni, gazlama to'pini hisoblash usullarini o'z ichiga oladi.
  • Gazlamalarni to'shash va bichish: Ushbu mavzu bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlarini, gazlmamalarni to'shash usullarini, to'shamalarni bichish bosqichlarini va bichish sexining yakunlovchi texnologik operatsiyalarini o'z ichiga oladi.
  • Kiyim tikish usullari: Ushbu mavzu kiyim detallarini ulash xusuiyatlari va tavsifnomasi, kiyim detallarini ulash usullari, qo'lda bajariladigan qaviqlar va qaviq qatorlarining tuzilishi, ishlatilish sohasini o'z ichiga oladi.
  • Mashinada bajariladigan baxya va baxyaqatorlari: Ushbu mavzu mashinada bajariladigan baxya va baxyaqatorlari turlari bilan tanishtiradi, ularning ishlatilish sohasi va tikilish texnologiyasi haqidagi bilimlarni shakllantiradi.
  • Tikuv buyum detallarini yelimlab va payvandlab biriktirish usullari: Ushbu mavzu tikuv buyum detallarini yelimlab va payvandlab biriktirish usullari mazmuni bilan tanishtiradi, zarur nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.
  • Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlash: Ushbu mavzu tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlashning maqsadi, usullari mazmuni bilan tanishtiradi, zarur nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.
  • Ayollar va erkaklar kuylagi taqilmalarini tikish: Ushbu mavzu ayollar va erkaklar kuylagi taqilmalari turlari va ularni tikish usullarini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ayollar va erkaklar kuylagi yoqalarini tikish: Ushbu mavzu ayollar va erkaklar kuylagi yoqa va yenglari turlari va ularga ishlov berish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ayollar va erkaklar kuylagi yenglarilarini tikish: Ushbu mavzu ayollar va erkaklar kuylagi yenglari turlari va ularga ishlov berish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ustki kiyim tikish texnologiyasi jarayonlari: Ushbu mavzu ustki kiyim tayyorlashning umumiy bosqichlari to'g'risida tasavvurlarni shakllantirish va usullarini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ustki kiyimlar qirqma cho'ntaklarini tayyorlash: Ushbu mavzu ustki kiyimlardagi cho'ntaklar turlari va ularni tikish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ustki kiyimlar chokidagi cho'ntaklarni tikish: Ushbu mavzu ustki kiyimlar chokidagi cho'ntaklar turlari va ularni tikish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ustki kiyimlar qoplama cho'ntaklarni tikish: Ushbu mavzu ustki kiyimlar qoplama cho'ntaklarni turlari, ular yuqori qirqimiga ishlov berish va astarli qoplama cho'ntaklarni tikish usullarini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ayollar yubkalarini tikish: Ushbu mavzu ayollar yubkalari turlari, detallari va ularga ishlov berish ketma-ketligi va usullarini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Erkaklar shimini tikish: Ushbu mavzu erkaklar shimi bo'laklari, taqilmasi, yuqori qismiga, poychasiga ishlov berish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ustki kiyimlar bortlarini tikish: Ushbu mavzu bort tikish bosqichlari, tikish usullari haqida nazariy bilimlarni egallashga bag'ishlangan.
  • Ustki kiyimlar yoqalarini tikish: Ushbu mavzu ustki kiyimdagi yoqalar turlari, ularni tayyorlash bosqichlari va tikish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan.
  • Ustki kiyimlar yenglarini tikish: Ushbu mavzu ustki kiyimlar yenglari turlari,] va ularga ishlov berish usullari, yengni yeng o'mziga o'tkazish texnologiyasi bilan tanishish .
  • Astar, isituvchi qatlam tayyorlash va ularni avraga ulash: Ushbu mavzu Astar, isituvchi qatlam tayyorlash va ularni avraga ulash texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan.