Erkaklar sport uslubidagi tungi ko’ylaklar konsturuksiyasini qurish, modellashtirish va texnologik jarayonlarni loyihalash

Ushbu bitiruv malakaviy ishi erkaklar sport uslubidagi tungi ko'ylaklarini konstruksiyalash, modellashtirish va texnologik jarayonlarni loyihalashga bag'ishlangan. Ishda model eskizlari tanlangan, gazlama asoslangan, buyum konstruksiyasi ishlab chiqilgan, andazalar tayyorlangan, o'lchamlar ko'paytirilgan, andazalarga chok haqi qo'shilgan, mashinalardan foydalanib ish unumdorligi oshirilgan, texnologik jarayonlar loyihalashtirilgan, va korxona quvvati aniqlangan. Shuningdek, mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash masalalari o'rganilgan va biznes reja tuzilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalar, ob'ekt va usul, ilmiy yangiliklar.
  • Asosiy qism: Tikuvchilik sanoatining holati, yengil sanoat mahsulotlarining rivojlanishi, tanlangan modelga talablar, kiyim bichimi, model ko'rinishi, kiyim sifati, modellar vazifasi, gazlama tanlash va asoslash.
  • Eksperimental qism: Erkaklar tipavoy figurasi o'lchov belgilari, tungi ko'ylak konstruksiyasini qurish, modelni konstruksiyalash, modellashtirish, ishchi andozalarni tayyorlash, qo'shimcha chok haqqi kattaliklari.
  • Texnologik qism: Asbob-uskunalar tanlash, tikish usullari, texnologik tartibni tuzish, ishlab chiqarish oqimining shakl va turlari, texnologik sxemasi, potokning texnologik sxemasi.
  • Ilmiy tadqiqot qismi: Gazlamalarni suv shimishini aniqlash tartibi.
  • Ishtimoiy-iqtisodiy qism: Biznes-reja titul varag'i.
  • Mehnat muhofazasi: Ish joylaridagi mikroiqlim omillarini takomillashtirish.Shuningdek ish joylarida havoning harorati , nisbiy namligi va harakat tezligining yo'l qo'yiladigan normalari.
  • Yakuniy qism: Umumiy xulosa va takliflar.