Xulq-atvor va odatni shakllantirish - shaxsni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishi sifatida

Ushbu kitobda shaxsning hulq-atvori, odatlari va ularning shakllanish jarayoni keng qamrovda yoritilgan. Unda, xususan, shaxsning ijtimoiy muhit bilan o'zaro ta'siri, tarbiyaning ahamiyati, o'smirlik davridagi psixologik o'zgarishlar va kasbiy yo'nalish kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Kitob nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy tadqiqotlar natijalari va psixologik testlar tahlilini ham o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • Shaxs tarbiyasining psixologik xususiyatlari: Ushbu mavzu shaxsning shakllanishida ijtimoiy munosabatlar, tarbiya uslublari va atrof-muhitning roli haqidagi nazariyalar bilan tanishtiradi.
  • Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi: Bu mavzu inson faoliyatini yo'naltiruvchi ichki omillar, ehtiyojlar, maqsadlar va qiziqishlar kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi.
  • Shaxs tarbiyasi jarayonida xulq-atvor va odatlarning shakllanishi: Ushbu mavzu shaxsda ijobiy odatlarni shakllantirish, salbiy odatlardan xalos bo'lish va o'smirlik davridagi o'ziga xosliklarni o'rganishga bag'ishlangan.
  • Amaliy taxlillar: Tajribalar o'tkazish va natijalar interpritatsiyasi: Bu bobda shaxsning individual xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan psixologik testlar natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, test natijalari asosida amaliy xulosalar va tavsiyalar beriladi.