“Amaliy matematik dasturiy paketlar” fanidan tajriba mashg„ulotlarini bajarish bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma

Ushbu o'quv qo'llanma talabalarga Matlab tizimida matematik amallarni bajarish, funksiyalarni qo'llash, matritsalar bilan ishlash, chiziqli algebraik tenglamalarni yechish, simvolli o'zgaruvchilar bilan ishlash, grafiklar qurish va dasturlash asoslarini o'rgatishga qaratilgan. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar, amaliy misollar va tajriba ishlari uchun topshiriqlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Matlab tizimida matematik funksiyalarning qo'llanilishi: Arifmetik amallar, matematik funksiyalar, matritsalar ustida ishlash, chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish, trigonometrik funksiyalarni qo'llash.
  • Matlabda vektorlar va matritsalar ustida amallar: Vektorlar va matritsalarni yaratish, birlashtirish, burish, matritsalardan vektorlar va matritsalar hosil qilish, standart buyruqlar, maxsus matritsalarni hosil qilish.
  • Matlab tizimida chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish: Kramer usuli, matritsa usuli, Matlab funksiyalari yordamida chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish.
  • Matlabda simvolli o'zgaruvchilar bilan ishlash: Simvolli o'zgaruvchilarni e'lon qilish, ifodalarni soddalashtirish, ko'phadlarni ajratish, tenglamalarni yechish, grafiklar qurish.
  • Matlabda dasturlash asoslari. Ssenariy fayl - M-fayllar yaratish: Dasturlash asoslari, funksiyalar, ssenariy fayl - M-fayl yaratish, tayinlash operatorlari, shartli operatorlar, sikl operatorlari.
  • Matlabda ikki va uch o'lchovli grafiklar qurish: Grafiklar qurish, gistogrammalar hosil qilish, fazoviy shakllarni tasvirlash, bir oynada bir nechta grafiklarni hosil qilish, grafiklarni vaqt oralatib hosil qilish.
  • Matlabda dasturlash. Shartli - If...end operatori va tanlash - switch...end operatorlari bilan ishlash: Shartli o'tish operatori (if), tanlash operatori (switch), hisoblashlarda to'xtashlar hosil qilish.
  • Matlabda dasturlash. Sikl operatorlari - for...end va while...end lar bilan ishlash: Sikl operatorlari (for, while), dasturlash konstruksiyalari, hisoblashlarni boshqarish.