Cisco Packet Tracer дастурида ТАТУ филиали компьютер тармоқларининг имитацион моделини қуриш
Ushbu kitob Cisco Packet Tracer dasturi yordamida lokal hisoblash tarmoqlarining imitatsion modelini qurishga bag‘ishlangan. Unda tarmoq texnologiyalari, kommutatsiya, serverlar, xavfsizlik va boshqa muhim jihatlar batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga, tarmoq injenerlariga va bu sohada o‘z bilimlarini oshirishni istaganlarga mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kompyuter tarmoqlarini loyihalash: Tarmoqni loyihalash bosqichlari, talablar va omillar, tarmoq tuzilishi va kabellarni joylashtirish.
- Tarmoq turlari va topologiyalari: Lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), global tarmoqlar (WAN), tarmoq topologiyalari (bus, star, ring).
- Tarmoq maqsadlari va vazifalari: Tarmoqning asosiy maqsadlari, vazifalari, resurslarni birgalikda ishlatish, ma'lumot almashish, markazlashgan boshqaruv.
- Ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlari: Ta‘qsimlangan qayta ishlash, telekommunikatsiya tizimlari, ko‘p mashinali hisoblash tizimlari.
- Cisco Packet Tracer dasturi bilan ishlash: Dastur interfeysi, asosiy elementlar, tarmoq qurilmalarini sozlash.
- Tarmoq serverlari va protokollari: Serverlarning roli, asosiy protokollar (TCP/IP, HTTP, DNS, DHCP), ularning vazifalari va sozlash.
- Simsiz tarmoqlar: Simsiz tarmoqlarning afzalliklari, Wi-Fi texnologiyasi, xavfsizlik masalalari.
- Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi: Elektr va elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta'siri, himoya choralari.