Atlas yo’lli ko’ylakbоp matо uchun paxta va pоliefir tоlali aralashmasidan ip tayyorlash texnоlоgiyasi
Ushbu kitob to'qimachilik sanoati korxonasini tashkil etish va rivojlantirish, yigirish texnologiyalari, xom ashyo balansini tuzish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish, mehnat muhofazasi, korxona quvvatini hisoblash, jihozlarni tanlash va ularning texnik xususiyatlari, ishchilar sonini aniqlash, elektroenergiya sarfini hisoblash va yigirish rejasini qayta hisoblash kabi masalalarni qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Mahsulot tavsifi: Mato texnik xarakteristikasi, gazlamalarning assortimenti, yigirilgan va kimyoviy iplar, bir xil va aralashma iplar, ularning fizik-mexanik xossalari, atlas yo'lli «Alpiyskaya» mato haqida ma'lumot berilgan.
- Xom ashyo tanlash va uni asoslash: Tola tanlash ahamiyati, tola narxi, paxta navlari, tolaning to'g'ri tanlanishi, ipning sifat ko'rsatkichlari, tola tarkibi, tipovoy sortirovka asosida aralashmalar tarkibini tuzish, tolalarni selektsiya qilish, aralashma tarkibini tekshirish.
- Tolalarni aralashtirib ishlatishning ahamiyati: To'qimachilik sanoatida to'qimalar va matolar tayyorlashda dastgohlarning katta tezlikda ishlashi va sifatga qo'yilgan talablar, notekislikni kamaytirish omillari, aralashtirish jarayonining maqsadi va mohiyati, tashkil etilgan va etilmagan usullar, oqimlar, yarim mahsulotlar va mashinalar.
- Paxta tolalaridan aralashma tuzish qoidalari: Ip yigiruv korxonasining yigirish tizimiga, yigirish usuliga, olinadigan iplarning chiziqli zichligi va ishlatilish maqsadiga qarab tolalar aralashmasining tarkibi tanlanadi. Aralashmaga tanlashda rioya qilish kerak bo'lgan qoidalar
- Ip va tolalar xossalari o'rtasidagi bog'lanish: Kutilgan sifatga ega bo'lish bilan bir qatorda uning tannarxini ham to'g'ri belgilash, paxta va kimyoviy tolalar aralashmasidan yigiriladigan ipning xossasini loyihalash.
- Yigirish tizimini va usulini tanlash: Tolalardan ip hosil qilish ketma-ketligini yigirish tizimi deb atash, tizimlar asosiy alomatlari, tarash usuli va mahsulotni ingichkalashtirish usullari bilan farqlanadi.
- Texnologik jihozlarni tanlash va ularni asoslash: Tanlangan jihozlarni fan taraqqiyoti, texnika va texnologiya asosida tahlil qilib asoslash, qo'llaniladigan o'ramlar o'lchami, mexanizm va moslamalarni qabul qilish va qilingan mashinalar yuqori sifatli butlovchi materiallar bilan ta'minlanishi e`tiborga olindi.
- Yigirish mashinalarining texnik tavsiflari: Olmoniyaning «Trutzchler» firmasining jihozlaridan foydalanildi, texnologik jarayondagi jihozlar va ularning vazifalari keltirilgan.
- Yigirish rejasini tuzish: Yigirish rejasini optimal tuzilsa, korxona shunchalik samarador ishlashi, texnologik jarayonlar, alohida yigirish rejasi tuziladi va mashinalarning mahsulot chiqarish tezliklari ko'rsatiladi.
- Texnologik jihozlar chiqarish qismlari a`zolarining tezliklarini tanlash va asoslash: Jihozlarni chiqarish qismlari a`zolari tezliklarini ularning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlandi.
- Mashinalarning nazariy, ish unumdorligini hisoblash: Texnologik tizimga kirgan hamma mashinalarning uch xil ish unumdorligi aniqlanadi: mashinalarning nazariy, me`yoriy va amaliy ish unumdorligi.
- O'timlar bo'yicha pakovkalarni tanlash va hisoblash: Har bir o'timda olinadigan yarim mahsulot hajmi va massasi katta ahamiyatga ega.
- Ip, yarim tayyor mahsulot va chiqindilarni aralashmadan chiqish miqdorlarini aniqlash: Paxta tolasidan ip ishlab chiqishda yigirish fabrikasining hamma o'timlarida ham qaytimlar va boshqa chiqindilar ajralib chiqadi.Bu chiqindilarning miqdori yigirish sistemalariga, olinadigan ipning chiziqiy zichligiga hamda texnologik tizim tarkibiga kirgan mashinalar turlariga qarab har xil bo'ladi.
- O'timlar bo'yicha soatli topshiriqlarni hisoblash va taqsimlash: Texnologik jihozlar sonini aniqlashda eng qulay usul-bir soatda ishlab chiqarilishi lozim bo'lgan ip va yarim tayyor mahsulotlar hajmini hisoblash usuli hisoblanadi.
- Mashinalar sonini aniqlash: Korxonada bir soatda ishlab chiqariladigan ip va yarim tayyor mahsulotlar hajmi-soatli topshiriqlar aniqlangan bo'lsa shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan jihozlar sonini aniqlanadi.
- Yigirish rejasini qayta hisoblash: Bitiruv malakaviy ishimda qabul qilingan va ishlab chiqarish maydoniga o'rnatilgan jihozlar soni hisoblash natijalaridan farqlanadi.
- Mexnat muxofazasi: To'qimachilik korxonalarining yongin chikish sabablari texnologik jarayonlarining xamda ishlab chikarish uskunalarining yongin chikishga moyiligi bilan ajralib turadi. Ishlab chikarish korxonalarida yonginga karshi samarali kurashish.
- Tashkiliy-iqtisodiy qism: Ishlab chiqarish dastri korxonada bir yilda ishlab chiqarish rejalashtiriladigan mahsulot turlari va hajmini ko'rsatadi.
- Korxonaning tashkiliy texnologik ko'rsatkichlari: Ishlab chiqarishga keltirilgan va ishdan olingan ko'rsatkichlar jadvalini aniqlash.