Keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash va modellashtirish

Ushbu kitob servis sohasida tahsil olayotgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda kiyim konstruksiyasi, modellashtirish, bichish va tikish texnologiyalari haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, kitobda milliy liboslar, bolalar kiyimlari, yubkalar, lozimlar, nimchalar va boshqa kiyim turlarini loyihalash va tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar mavjud.

Asosiy mavzular

  • Kiyim konstruksiyasiga doir ma'lumotlar: Kiyimlar haqida umumiy tushunchalar, ularning turlari, kiyimlarni tanlash mezonlari, kiyimning moda bilan bog'liqligi, shuningdek, orastalik qoidalari bayon etilgan.
  • Kiyimlarni bichish va tikish haqida: Bichishga qo'yiladigan talablar, tikilayotgan kiyim qismlarining sifati, andozalar va ularni tayyorlash, gazlamalarni bichishga tayyorlash usullari keltirilgan
  • Kiyimlarni modellashtirish asoslari: Modellashtirish tushunchasi, model yasash, andaza detallaridagi chiziqlarni o'zgartirish, vitachkalarni ko'chirish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Odam gavdasidan o'lchov olish: O'lchov olish tartibi, o'lchov asboblari, asosiy o'lchovlar va ularni o'lchash qoidalari bayon etilgan.
  • Kiyimni loyihalashda uning konstruksiyasida ishlatiladigan detallari: Yenglar, yoqalar, cho'ntaklar va boshqa detallarning shakllari, bichimi va tikilishiga bog'liqliklari haqida ma'lumot berilgan. Bir chokli yeng, burilgan yoki skladkalar solingan yeng, yoqalar va cho'ntaklarni andozalash usullari keltirilgan.
  • Bolalar uchun trikotaj buyumlarini loyihalash: Yasli va maktabgacha yoshdagi bolalar ichki kiyimlarini loyihalash, bichish va tikish texnologiyalari, trikotaj kiyimlarni modellatirish (bosh kiyim, fartuk, rumol va boshqalar) haqida ma'lumotlar berilgan. Yo'rgak, chepchik, raspashonka, paypoq ishton (polzunki), yubka-trusik va boshqa bolalar kiyimlari chizmalari keltirilgan.
  • Ayollar beldan kiyiladigan kiyimlarni loyihalash: Yubkalar (turli bichimdagi yubkalar, aylanma skladkali yubka) va lozimlarni texnik modellashtirish, bichish va tikish, ularga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Erkaklar kiyimlarini loyihalash: Erkaklar ko'ylagi va unga o'lchov olish, yeng andazasini tayyorlash, yoqasini tayyorlash asoslari, choponni bichish va tikish, milliy bosh kiyimlarni loyihalash, gazlamani tanlash va ketadigan miqdorini aniqlash, shimli kostumlarni bichish va tikish texnologiyasi keltirilgan.
  • Toʻgarak ishlari uchun gilamchilik haqida: Gilam turlari, gilamdo'zlik tarixi, gilamlarni qo'lda to'qish usullari, gilam naqshlari, sholcha va ularni qo'llash haqida ma'lumot berilgan.