Optika bo’limi
Ushbu kitob optika bo'limidan tajriba ishlarni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan Namangan Muhandislik-Iqtisodiyot Institutining Mexanika-Texnologiya fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. U fizika fanining optika bo'limiga oid qisqacha nazariy ma'lumotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, ularni bajarish tartibi va talabalarning nazariy bilimlarini tekshirish uchun savollarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, uslubiy qo'rsatmadan kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari va o'quvchilari ham foydalanishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Fotometr yordamida yoritilganlik qonunlarini o'rganish: Yorug'lik manbaidan chiqayotgan nurlar sirtga perpendikulyar tushganda sirtning yoritilganligi manbaning yorug'lik kuchiga to'g'ri proportsional va undan yoritilayotgan sirtgacha bo'lgan masofa kvadratiga teskari proportsionaldir. Shuningdek, sirtga tushayotgan nurning burchagi ham yoritilganlikka ta'sir qiladi.
- Eritmaning sindirish ko'rsatkichi va konsentratsiyasini refraktometr yordamida aniqlash: Yorug'lik vakuumdan biror muhitga sinib o'tganida sinish qonuni, tushish va sinish burchaklari. Yoruqlik optik zichligi kichik muhitdan optik zichligi katta muhitga o'tishi va aksincha. Eritmaning sindirish ko'rsatkichi uning tarkibidagi moddalarning konsentratsiyasiga bog'liqdir.
- Difraksion panjara yordamida yorug'lik to'lqin uzunligini aniqlash: Oq yorug'likning 7 xil rangdagi nurlardan tashkil topganligi, yorug'likning har xil rangiga turli to'lqin uzunliklari mos kelishi. Difraksion panjara haqida tushuncha va tasavvur. Yorug'lik nurining to'lqin uzunliklarini aniqlash.
- Linzaning fokus masofasini aniqlash: Optik elementlar, linzalar turlari (yig'uvchi, sochuvchi), ularning tuzilishi va tasvirlarni hosil qilish xususiyatlari. Linzalarning fokus masofasini aniqlash usullari va linza formulasi.
- Shishaning sindirish ko'rsatkichini mikroskop yordamida aniqlash: Yorug'likning sinishi, sindirish ko'rsatkichi tushunchalari. Mikroskop yordamida shishaning sindirish ko'rsatkichini aniqlash usuli. Yassi parallel shisha plastinka orqali yorug'likning o'tishi.
- Fotoeffekt qonunlarini o'rganish: Fotoelektrik effekt hodisasi, uning qonunlari. Fotoeffektni kuzatish qurilmasi, fotoelementning xarakteristikalari. Eynshteyn formulasi, fotoeffektning qizil chegarasi. Ichki va tashqi fotoeffekt hodisalari.