Aktiyorlik mahorati

Qoʻllanmada aktyorlik mahorati, sahna harakati, notiqlik, erkinlik, sahnaviy munosabat, va rollarni ijro etish usullari kabi mavzular haqida nazariy va amaliy maʼlumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Aktyor tarbiyasidagi asosiy tamoyillar: Ushbu bobda talabalarni ijodkor shaxs sifatida shakllantirish, ularning ichki layoqatini yuzaga chiqarish, siyosiy-g'oyaviy, intizomiy, ma'naviy-mafkuraviy jihatdan tarbiyalash usullari muhokama qilinadi. Shuningdek, nazariy bilimlar bilan amaliy mashg'ulotlarning o'zaro bog'liqligi ta'kidlanadi.
  • Aktyorning sahnaviy diqqati: Diqqatning turlari, beixtiyoriy va ixtiyoriy diqqat, o'zi yo'q narsani qanday ko'rish mumkinligi, sahna diqqati va tasavvur, aktyor va tomoshabin o'rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ma'naviy-axloqiy tamoyillar bilan bog'liq jihatlarga e'tibor qaratiladi.
  • Sahna erkinligi: Ushbu bobda sahna erkinligining ahamiyati, ichki va tashqi erkinlik tushunchalari, jismoniy harakatlar nafisligi va ularga erishish usullari haqida so'z boradi. Diletantlikdan qochish yo'llari va mashqlar tahlil etiladi.
  • Sahnaviy ishonch: Aktyor ijrosining birdan bir sharti - e'tiqodning kuchli ekanligi, Ishonch sari yo'l sahna voqeligini oqlashdadir. Sahnada ro'y berishi mumkin boʻlgan tasodiflar va ularni oqlay bilish ham tahlil qilinadi.
  • Sahnaviy munosabat hamda faktni baholash: Munosabat - harakatning asosidir, Sahna munosabatlarining ikki xil koʻrinishi Faktga munosabat, Sahna harakatining vujudga kelishi va Amaliy xulosalar tahlili.
  • Sahnadagi xatti-harakat: Ushbu bobda Aktyorning rol ustida mustaqil ishlashi va harakatning mohiyati, jismoniy va ruhiy harakat turlari, rollarda ishlashda e’tibor beriladigan jihatlarga oid ma’lumotlar berilgan.