Yunesko tashkilotining xalqaro aloqalarni takomillashtirishdagi roli va ahamiyati.
Ushbu kitobda O‘zbekistonning YuNESKO bilan hamkorligi masalalari, xususan, YuNESKOning xalqaro tashkilot sifatida shakllanishi, O‘zbekistonning YuNESKO bilan aloqalarining o‘rnatilishi, O‘zbekistonda YuNESKO tashkilotining xalqaro aloqalarni takomillashtirishdagi o‘tkazilgan tadbirlari kabi muhim jihatlar yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda YuNESKO doirasida yuritilgan huquqiy ijodkorlik xizmatlari, ta'lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalaridagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- YuNESKONING XALQARO TASHKILOT SIFATIDA SHAKILLANISHI, RIVOJLANISHI VA HUQUQ IJODKORLIK FAOLIYATI: Ushbu mavzuda YuNESKOning xalqaro tashkilot sifatidagi shakillanishi, rivojlanishi va asosiy yo'nalishlari, Yuneskoning xalqaro tashkilot sifatidagi faoliyatining huquqiy asoslari ko'rib chiqiladi.
- O`ZBEKISTONNING YUNESKO BILAN HAMKORLIK ALOQALARINING O'RNATILISHI: Ushbu mavzuda O'zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lishi va YuNESKO bilan aloqalarining o'rnatilishi jarayonlari batafsil yoritiladi. O‘zbekistonning BMT homiyligidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi xususiyatlari tahlil etiladi.
- O`ZBEKISTONDA YUNESKO TASHKILOTINING XALQARO ALOQALARNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI O'TKAZILGAN TADBIRLARI: Ushbu mavzuda O'zbekistonda YuNESKO tashkiloti tomonidan ta'lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalarida o'tkazilgan tadbirlar ko'rib chiqiladi. Tarixiy obidalarni saqlash va noyob ob'ektlarni o'rganishdagi hamkorlik ishlari, «Asrlar sadosi» festivalining o'tkazilishi kabi yirik loyihalar tahlil etiladi.