"Iqtisodiyot nazariyasi"
Ushbu kitob iqtisodiyot nazariyasining asosiy tushunchalari va qonuniyatlarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini yoritadi.
Asosiy mavzular
- Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va uslubi: Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, tahlil usullari, boshqa fanlar bilan bog'liqligi.
- Sotsial iqtisodiy ehtiyojlar. Iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish: Ehtiyojlarning yuksalishi, O'zbekistonda ehtiyojlarni qondirish xususiyatlari, ehtiyojlarni qondirish vositalari, iqtisodiy faoliyat mazmuni va turlari, ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy mazmuni va ijtimoiy shakllari. Ishlab chiqarish omillari va ularni birikish usullari. Ishlab chiqarishning I va II bo'linmalari, ularning iqtisodiy funksiyalari. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
- Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor va uning tuzilishi: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari, afzalligi va zaif tomonlari, bozor tushunchasi va uning vazifalari, bozorning tuzilishi.
- O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning xususiyatlari: O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo'nalishlari, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari, mulkchilik munosabatlarining mohiyati va bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida turli mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo'llari va usullari.
- Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati: Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklifga ta'sir qiluvchi omillar. Talab miqdori va taklif miqdori o'rtasidagi nisbat hamda uning o'zgarishi.
- Raqobat va narxning tashkil topishi: Raqobatning mohiyati, iqtisodiy asoslari va shakllari, O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik. Narxning mazmuni va uning vazifalari. Narx turlari. O'zbekistonda narx siyosati.
- Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari: Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Issadorlik jamiyati: tashkil qilinishi va amal qilish tamoyillari.