Умумий овқатланиш маҳсулотлари технологияси ва биотехнология

Ushbu kitob oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasining nazariy asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda xom ashyo tarkibi, texnologik jarayonlar va ularning mahsulot sifatiga ta'siri, oziq-ovqat xavfsizligi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob talabalarga, oziq-ovqat sanoati mutaxassislariga mo'ljallangan bo'lib, sohaga oid bilimlarini oshirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasining nazariy asoslari: Fanning kelib chiqishi, vazifalari va ahamiyati, texnologik ishlov berish usullari va ularning mahsulot sifatiga ta'siri
  • Oqsillar va ularning texnologik jarayondagi o'zgarishi: Oqsillarning denaturatsiyasi, koagulyatsiyasi, gidrolizi va ularning oziq-ovqat mahsulotlaridagi ahamiyati
  • Uglevodlar va ularning o'zgarishi: Uglevodlarning turlari, gidrolizi, karamellanishi, melanoidlar hosil bo'lishi va ularning oziq-ovqat mahsulotlaridagi roli
  • Yog'lar va ularning texnologik ta'sirlar ostida o'zgarishi: Yoglarning tarkibi, erish nuqtasi, qaynash va qovurish jarayonidagi kimyoviy o'zgarishlar
  • Vitaminlar va mineral moddalar: Oziq-ovqat mahsulotlaridagi asosiy vitaminlar va minerallar, ularning texnologik ishlov berishda saqlanishi va o'zgarishi
  • Suvning o'rni va ahamiyati: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi suvning shakllari, suv aktivligi va mahsulotlarning saqlanuvchanligiga ta'siri
  • Oziq-ovqat maxsulotlarining rangi: Mahsulot rangiga tasir etuvchi omillar va rang beruvchi moddalar