Jаhоn iqtisоdiyoti vа хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr

Ushbu kitob "Jahon iqtisodiyoti" fanidan ma'ruzalar matnlari tuplami bulib, unda jaxon mamlakatlari xo'jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi, boshqa mamlakatlar xo'jaliklari bilan turli iqtisodiy aloqalar o'rnatilishining xususiyatlari keng yoritib berilgan. Kitobda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari professor-o'qituvchilariga, <<«makroiktisod», «turizm» va «kasbiy ta'lim (buxgalteriya xisobi va audit)>> mutaxassisligi talabalari, shuningdek, jaxon mamlakatlari xo'jaligi va mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar bilan barcha kizikuvchilar uchun mo'ljallangan materiallar jamlangan.

Asosiy mavzular

  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko'rinishlari va xususiyatlari: Ushbu mavzuda jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti, mazmuni va mohiyati, jahon xo'jaligi tushunchasi va mohiyati, jahon xo'jaligi tizimi va uning milliy iqtisodiyotlarga ta'siri, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va uning консерциyalari kabi masalalar keng yoritilgan.
  • Jahon xo'jaligida inson resurslari va xalqaro mehnat taqsimoti: Demografiya tushunchasi. Jahon aholisi dinamikasi muammolari, jahon aholisi yosh tarkibi muammosi, jahon iqtisodiyotida urbanizatsiya jarayonlari, jahon iqtisodiyotida ishsizlik va uning tendenuiyalaridagi o'zgarishlar, xalqaro axoli va mehnat migraцiyasi va xalqaro mehnat taqsimoti tushunchasi yoritilgan.
  • Xalqaro savdo. Tashqi savdo siyosati: Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo, jahon savdosi dinamikasi, uslubiy o'lchovlari, jahon savdosining tovarlar va geografik tarkibi, tashqi savdoni erkinlashtirish (liberallashtirish) va jahon savdosida protekųionizm siyosati kabi savollar taxlil qilingan
  • Xalqaro kapital migraцiyasi: Chetga kapital chiqarish xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shaklidir, kapital chiqarishning sababi va mohiyati, To'g'ridan-to'g'ri va portfel investiцiyalari, jahon iqtisodiyotida transmilliy korporaцiyalar, jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy xududlar kabi savollar to'liq yoritilgan.
  • Rivojlangan mamlakatlar - xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida: Ushbu mavzuda rivojlangan davlatlar guruhining jahon ho'jaligi va siyosatida tutgan o'rni, guruhga kiruvchi mamlakatlar kriteriyasi, iqtisodiyotining umumiy belgilari, rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining hozirgi davr strukturasi, katta ettilik davlatlarning tashqi iqtisodiy strategiyasi, etakchi rivojlangan davlatlarning dunyo xo'jaligida tutgan o'rni, Amerika Qo'shma Shtatlari: dunyo xukmronligini qo'lda ushlab turish siyosati, Yaponiya kuchli iqtisodiy markaz, Evropa Ittifoqi mamlakatlari dunyo xo'jaligida kabi masalalar to'la qamrab olingan.
  • Rivojlanayotgan mamlakatlar - xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida: Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy - iqtisodiy xususiyatlari, rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rni, mamlakatlarning asosiy guruhlari, yangi sanoatlashgan mamlakatlar kabilar to'g'risida ma'lumotlar jamlangan
  • Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari: Milliy va mintaqaviy valyutalar tizimidagi asosiy qonun-qoidalar, valyuta bozorlari, ularning funkuiyalari, ko'rinishlari, valyuta operaцiyalari, ularning ko'rinishi, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro moliyaviy kredit tashkilotlar kabi masalalarni uqib olish mumkin.
  • Jahon integraцion jarayonlarida O'zbekistonning ishtiroki: O'zbekiston Respublikasining XX-XXI asrlar bo'sag'asidagi resurslari va rivojlanish imkoniyatlari, sobiq SSSR tugatilganidan keyin respublikaning iqtisodiy ahvoli, bozor iqtisodiyotiga o'tish davri muammolari, O'zbekistonni jahon ho'jaligiga qo'shilishi va xalqaro savdoda respublikani ishtiroqi to'g'risida ma'lumotlar berilgan.