Фуқаро муҳофазаси
Ushbu kitob "Fuqaro muhofazasi" fanidan ma'ruzalar to'plami bo'lib, unda favqulodda vaziyatlarning klassifikatsiyasi, sodir bo'lish sabablari, aholi va hududlarni himoya qilish usullari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy va texnogen vaziyatlar, ularning oldini olish va harakat qilish, shuningdek fuqaro muhofazasiga oid mashqlarni tayyorlash uslubi kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- "Fuqaro muhofazasi" favqulodda vaziyatlarda: Fuqaro muhofazasining vazifalari, ahamiyati, sohada qabul qilingan qonunlar, tashkil etish tamoyillari, tuzilmalari, Davlat tizimining vazifalari va tartibi.
- "Favqulodda vaziyatlar" tasnifi: Favqulodda vaziyatlarning turlari va sabablari, tabiiy ofatlar, geologik va gidrometeorologik hodisalar, gidrotexnika inshootlaridagi vaziyatlar, transport, energetika, kommunal tizimlaridagi avariyalar, yong'inlar, kimyoviy va radioaktiv avariyalar, epizootik va epifitotik vaziyatlar hamda aholini himoya qilish.
- Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish: Aholini himoya qilish usullari, ko'chirish, himoya inshootlari, boshpanalar, panajoylar, radiatsiya va teraktlardan muhofaza qilish.
- Aholini vahududlarni zamonaviy qirg'in qurollaridan muhofaza qilish: Zamonaviy qirg'in qurollar tasnifi, dezaaktivatsiya, degezatsiya, dezinfeksiya turlari.
- Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob'ektlarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar: Qutqaruv ishlarining maqsadi, mazmuni, jalb etiladigan kuchlar, zararlanish o'chog'ida kechiktirib bo'lmaydigan ishlar, sanitariya ishlari.
- Fuqaro muhozasasi bo'yicha aholini o'qitishni tashkil etish: O'qitish maqsadi, o'quv mashqlarining vazifalari, o'tkazish usullari, махсус-тактик машғулотлари ва қўмонданлик-штаб ўқув машғулотларини ташкил этиш, ўтказиш.