Миллий ҳамда умуминсоний қадриятларга таяниш – Ўзбекистонда демократик жамият қуришнинг муҳим шарти

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada O'zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning o'rni va roli ilmiy, nazariy asosda yoritilgan. Qo'llanma bakalavriat va magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Inson, uning qadr-qimmati – demokratik jamiyatning oliy qadriyati: Inson qadr-qimmati O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning asosiy elementlaridan biri ekanligi, inson huquqlari, erkinliklari va qonun ustuvorligi kabi tushunchalar muhokama qilinadi. Shuningdek, insonni ulug'lash va uning shaxsini hurmat qilishning ahamiyati ochib berilgan.
  • Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlarning roli: Milliy qadriyatlarning jamiyat rivojidagi o'rni, madaniy merosning ahamiyati va milliy o'zlikni anglash masalalari ko'rib chiqiladi. Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yosh avlodga yetkazish orqali demokratik jamiyatni mustahkamlash yo'llari tahlil qilingan.
  • Umuimnsoniy qadriyatlarga sodiqlik – O'zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning asosiy tamoyili: Demokratik qadriyatlarning mohiyati, insonparvarlik, adolat, erkinlik va qonun ustuvorligi kabi umuminsoniy tamoyillar muhokama qilinadi. Bu qadriyatlarning milliy qadriyatlar bilan uyg'unligi hamda demokratik jamiyat qurish jarayonidagi ahamiyati tahlil etiladi.
  • Milliy va umuimnsoniy qadriyatlar uyg'unligi-demokratik tsivilizatsiya: Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'zaro bog'liqligi, ularning jamiyat rivojidagi integratsiyalashuvi va bu uyg'unlikning demokratik tsivilizatsiyani shakllantirishdagi roli ko'rsatib berilgan.