Korxona iqtisodiyoti
Ushbu metodik qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan Samarqand qishloq xo'jalik institutining oliy ta'lim yo'nalishlari bo'yicha "Korxona iqtisodiyoti" fanini o'qitish uchun mo'ljallangan. Qo'llanma bakalavriat yo'nalishlari uchun uslubiy materiallar, ma'ruzalar, test topshiriqlari, amaliy mashg'ulotlar, resurslar va fan bo'yicha baholashlarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Korxona iqtisodiyotining mazmuni va vazifalari: Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor modeli, kursning ahamiyati, O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari
- Korxona- mustaqil xo’jalik faoliyatini yurituvchi bozor sub’ekti: Korxona shakllari va turlari, korxonalar faoliyatini litsenziyalash va iste`molchilar talabiga yo`naltirish.
- Korxonani tashkil etish va uning faoliyatini tugatish: Korxonani tashkil etish tamoyillari, ta'sis hujjatlari, korxona mulki, moliyaviy barqarorlikni ta'minlash yo'llari va korxonani tugatish tartibi
- Korxonani boshqarish: Korxona faoliyatida boshqaruv tushunchasi, zamonaviy tamoyillari, shakllari va uslublari, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish bo`g'inlarini boshqarish, korxonani ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish yo`llari, tashkil qilish va korxonani boshqarishda rahbarning o`rni
- Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish: Rejalashtirishning uslubiy asoslari va korxonada rejalashtirish turlari, qarorlarni tayyorlash ketma-ketligi, faoliyatini biznes-rejalashtirish va strategiyasi bilan bog'liqligi
- Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi: Samaradorlik tushunchasi mohiyati, unga ta'sir etuvchi omillar, samaradorlik mezonlari va ko'rsatkichlari, samaradorlikni oshirish yo'nalishlari
- Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati: Asosiy fondlar tushunchasi, ularning tarkibi, korxona faoliyatida tutgan o'rni, foydalanish ko'rsatkichlari, ishlab chiqarish quvvatini hisoblash usullari
- Korxonaning aylanma mablag’lari: Aylanma fondlar, ularning tarkibi, ulardan foydalanishni baholash, shakllantirish manbalari, iqtisodiy ahamiyati va aylanuvchanligini tezlashtirish yullarini
- Korxonada kadrlar va mehnatga haq to’lash: Xodimlar, xodimlarni tanlash, xodimlar tarkibi, mehnat unumdorligi tushunchasi, konsepsiyasi va korxona faoliyatida tutgan o’rni, mehnatga haq to’lash va uning ahamiyati
- Korxona faoliyati harajatlari, daromadi va rentabelligi: Xarajat, tannarx va uni hisoblash usullari, baho va uning ishlab chiqarish xarajatlariga ta’siri, foyda va rentabellik tushunchalari, ularga ta’sir etuvchi omillar va rentabellikni oshirish yo’llari
- Korxonaning investitsiyaviy faoliyati: Investisiya, loyiha, investisiyaviy faoliyat, loyiha tushunchasi va uning samaradorligi, aniqlash yo’llari va uni baholash, loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish
- Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi va tijorat siri: Xavfsizlik tushunchasi, korxona xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi, sir tushunchasi, tijorat siri va uni himoya qilish mexanizmi, raqobat va axborotlarning qo’lga kiritilish uslublari
- Korxonaning tashqi iqtisodiy aloqalari: Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari, tashqi savdo shartnomasini tuzish, savdo operatsiyalarida qo’llaniladigan hisob-kitob usullari