Назарий тилшунослик масалалари
Ushbu kitob tilshunoslikning nazariy asoslari va amaliy masalalarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda tilning mohiyati, tuzilishi va jamiyat bilan o'zaro munosabatlari keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Tilshunoslik fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari: Ushbu mavzuda tilshunoslik fanining obyekti, til tizimi qonuniyatlari, tilning faoliyati va taraqqiyoti kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, tilning jamiyatdagi o'rni va vazifalari tahlil etiladi.
- Tilshunoslikning satxlari va ularni ajratish tamoyillari: Bu mavzuda tilning fonologik, morfemik, leksik, morfologik, sintaktik va ussupersintaktik satxlari haqida ma'lumot beriladi. Har bir satxning o'ziga xos xususiyatlari, birliklari va ularning o'zaro munosabatlari tahlil qilinadi.
- Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi: Tilda ijtimoiy hayotdagi o'rni, uning insonlararo munosabatlar, madaniyat va tarix bilan bog'liqligi ko'rsatiladi. Tilning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni va ahamiyati ochib beriladi.
- Тилshunoslik fanining taraqqiyoti tarixidan: Lingvistika tarixi, uning asosiy bosqichlari va yirik namoyondalari haqida so'z boradi. Qiyosiy-tarixiy, tipologik tillarning ahamiyati ochib beriladi.
- Asosiy lingvistik konsepsiyalar: Fоrоbiy, Beruniy, Ibn Sinoning til haqidagi qarashlari bayon etiladi. V.Gumboldt va F. de Sossyur ta'limotlari yoritiladi.
- Paradigmatik va sintagmatik munosabatlar: Ushbu bobda paradigmatik va sintagmatik munosabatlar, ularning xususiyatlari va turlari batafsil ko'rib chiqiladi.
- Til va nutq: Ushbu bo'limda til va nutqning farqlari, o'xshashliklari va o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.Shuningdek, me'yorlashuv tamoyillari bayon qilinadi.