Yaylovshunoslik
Kitob Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Samarqand qishloq xoʻjalik instituti tomonidan nashr etilgan "Yaylovshunoslik" darsligidir. Unda yaylovshunoslik fanining vazifalari, predmeti, shakllanish tarixi, yaylov tiplari, ularning biologik va ekologik asoslari, shuningdek, tabiiy yaylovlardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Darslik qishloq xoʻjaligi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari hamda sohasi mutaxassislari uchun moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- Yaylovshunoslik faniga kirish: Yaylovshunoslikning mohiyati, maqsadi, vazifalari, asosiy tushunchalari (yaylov, pichanzor, yaylov tiplari va b.) bayon etilgan. Oʻzbekiston yaylov fondi, tabiiy yaylov va pichanzorlarning hozirgi holati ko'rsatilgan.
- Yaylovshunoslikning biologik asoslari: Oʻsimliklar dunyosining hayotiy shakllari, choʻl mintaqasi oʻsimliklarining hayotiy shakllari, qurgʻoqchil mintaqalar oʻsimliklarining oʻsish bosqichlari, ildiz tizimining shakllanishi, koʻpayish usullari yoritilgan.
- Yaylovshunoslikning ekologik asoslari: Ekologiya va uning asosiy yoʻnalishlari, asosiy ekologik omillar, choʻl va adir mintaqalari tavsifi, oʻsimliklarning tuproq, yorugʻlik va namlik sharoitiga qarab taqsimlanishi masalalari ko'rib chiqilgan.
- Yaylov oʻsimliklarining oziqaboplik xususiyatlarini baholash: Tabiiy yaylovlarda tarqalgan oʻsimliklarning botanik tarkibi, oziqaboplik jihatidan baholash usullari, ozuqaviy guruhlari, ozuqaviy va xoʻjalik xossalari jihatidan baholash masalalari bayon qilingan.
- Yaylov tiplari va ularning asosiy oziqabop oʻsimliklari tasnifi: Qurgʻoqchil hududlar yaylovlarining xususiyatlari, yaylov tiplari xususida tushuncha, Qorakoʻlchilik hududlari yaylovlarining asosiy tiplari, ularning oʻsimliklari, bioekologik va xoʻjalik xususiyatlari yoritilgan.
- Choʻl va adir yaylovlaridan samarali foydalanish asoslari va tizimi: Yaylovlardan samarali foydalanishning tarkibiy qismlari, mol boqishning oʻsimlik qoplamiga taʼsiri, mavsumiy foydalanish va ularga qoʻyiladigan talablar masalalari ko'rib chiqilgan.
- Tabiiy yaylovlar holatini yuzaki yaxshilash tizimi: Yaylovlar hosildorligi va oziqaviy qiymatining pasayish sabablari, yaxshilashning nazariy asoslari, yuzaki va tubdan yaxshilash tizimi, fitomelioratsiyalashning mohiyatlari bayon etilgan.
- Qorakoʻlchilik yaylovlarini tubdan yaxshilash tizimi: Yaylovlar holatini yaxshilashning dolzarbligi, qurgʻoqchil mintaqalarda oziqa etishtirish tarixi, tubdan yaxshilash usullari, choʻl oʻsimliklari introduktsiyasi masalalari yoritilgan.
- Qorakoʻlchilik yaylovlari holatini yaxshilovchi istiqbolli fitomeliorantlar va ularni parvarishlash texnologiyalari: Choʻl yaylovlari fitomeliorantlari xususida tushuncha, ularning ekologik tiplariga moslashgan fitomeliorantlar va ularni parvarishlash texnologiyalari keltirilgan.
- Qorakoʻlchilik yaylovlari ida hayvonlarni suv bilan taʼminlashni tashkil etish: Qurgʻoqchil xududlarda hayvonlarni ichimlik suv bilan taʼminlashning zarurligi, suv bilan taʼminlash inshootlarining tiplari, quduqlardan suv chiqarish masalalari bayon etilgan.
- Mollarni yaylovdan boshqa xududlarga koʻchirib (otgon) foydalanish xususiyatlari: Mollarni bir xudud yoki yaylov massividan boshqasiga koʻchirib (otgon) boqish xususidagi tushuncha, choʻl va adirlar xududlaridan koʻchirib foydalanish, togʻli xududlarga mollarni koʻchirib boqilganda yaylovlardan foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.