Энтомология
Ushbu kitob "Entomologiya" fanidan ma'ruza va mashg'ulotlar majmuasi bo'lib, u oliy o'quv yurtlarining biologiya yo'nalishi magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda hasharotlar dunyosini o'rganish, ularning tuzilishi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi, rivojlanishi, sistematikasi, shuningdek, ularning foydali va zararli turlari hamda ularga qarshi kurash choralari haqida keng qamrovli ma'lumot berilgan. Shuningdek, kitobda hasharotlarning hayotiy shakllari, rivojlanish bosqichlari va ularning ahamiyati haqida ham so'z yuritilgan. Fanning nazariy va amaliy qismlarini o'zlashtirishda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, adabiyotlar va elektron manbalar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Entomologiya fanining maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi: Xasharotlar dunyosini o'rganishning mohiyati, entomologiya fanining vazifalari, tarixi, O'zbekistonda entomologiya fanining rivojlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va nazariy bilimlarni egallash usullari.
- Hasharotlarning morfologiyasi: Hasharotlarning tashqi tuzilishi: tana qoplami, tana bo‘limlari va ulardan chiqqan o‘simtalarning tuzilishi hamda funksiyasi.
- Hasharotlarning anatomiyasi: Hasharotlarning ichki organlari, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, nerv sistemalari hamda sezgi organlarining tuzilishi va funksiyasi.
- Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi: Hasharotlarning ko‘payish usullari, jinsiy dimorfizm, polimorfizm, tuxumlarning tuzilishi va tiplari, lichinkalarining tuzilishi va tiplari, g‘umbaklari, metamorfoz turlari.
- Hasharotlarning ekologiyasi: Hasharotlarning tashqi muhit omillari bilan munosabatlari, biotik omillar, oziqlanish va ular orasidagi munosabatlar, hayotiy shakllari va rivojlanish tiplari.
- Zararkunanda hasharotlar va ularga qarshi kurash choralari: Qishloq xo‘jaligi ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlari zararkunandalari, odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi hamda kasallik tarqatuvchi hasharotlar, ularga qarshi kurash choralari (fizik, agrotexnik, kimyoviy, biologik).
- Inson faoliyati va qishloq xo‘jaligi uchun foydali hasharotlar: Ipak qurtining biologik xususiyatlari va ahamiyati, asalarilarning rivojlanish jarayonlari va amaliy ahamiyati, foydali hasharotlar va ularning ahamiyati.